Oliygohlar 20/02/2025 Samarqand davlat tibbiyot universiteti

   Respublikada tibbiyot sohasida malakali kadrlarni tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Samarqand davlat tibbiyot universiteti bundan 95 yil muqaddam O‘zbekiston Xalq Komissarlari Sovetining 1930-yil 7-maydagi 80-sonli qarori bilan Samarqand shahrida O‘zbekiston Davlat Tibbiyot instituti (O‘zDTI) tashkil etilgan. Bu Markaziy Osiyo mintaqasi aholisi uchun katta voqea bo‘lgan, chunki bu mintaqada mustaqil tibbiyot oliy ta’lim muassasasi yo‘q edi.

    Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2022-yil 1-yanvardan boshlab, moliyaviy mustaqillik erishganligi tasdiqlangan. Shundan so‘ng, universitetga haq to‘lanadigan kontrakt asosida o‘qitish xarajatlarini belgilash, xorijiy yuqori malakali mutaxassislarga ish haqi , talabalar uchun stipendiyalar va grantlarni o‘z mablag‘lari hisobidan ajratish va mustaqil ravishda qaror qabul qilish vakolati berilgan.

  Samarqand davlat institutiga 2022-yil aprel oyidan boshlab universitet maqomi berilgan. Hozirgi kunda universitet magistraturada 34 ta, bakalavriatda 11 ta yo‘nalishi bo‘yicha 10 ta fakultetda mutaxassislar tayyorlaydi.

Fakultetlar:

  •  "1-son Davolash fakulteti";
  • "2-son Davolash fakulteti";
  • "Pediatriya fakulteti";
  • "Tibbiy pedagogika fakulteti";
  • "Stomatologiya fakulteti";
  • "Farmatsiya fakulteti";
  • "Tibbiy profilaktika, sog‘liqni saqlash va tibbiy biologiya fakulteti";
  • "Xalqaro fakultet";
  •  "Qo‘shma ta’lim fakultet";
  • "Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim fakulteti".

Bakalavr ta’lim yo‘nalishi mutaxassisligi:

  • "Umumiy tibbiyot (davolash ishi)";
  • "Pediatriya ishi";
  • "Kasbiy ta’limi (davolash ishi)";
  • "Oliy hamshiralik ishi";
  • "Stomatologiya";
  • "Tibbiy profilaktika";
  • "Farmatsiya";
  • “Tibbiy biologiya ishi”;
  • "Xalq tabobati";
  • "Klinik psixologiya";
  • "Menejment: Sog‘liqni saqlash sohasida menejment".

Magistratura ta’lim yo‘nalishi mutaxassisligi:

  • Stomatologiya;
  • Yuz-jag‘ jarrohligi;
  • Akusherlik va ginekologiya;
  • Endokrinologiya;
  • Terapiya;
  • Terapiya: an’anaviy tibbiyot;
  • Otorinolaringologiya;
  • Kardiologiya;
  • Oftalmologiya;
  • Yuqumli kasalliklar;
  • Dermatovenerologiya;
  • Nevrologiya;
  • Psixiatriya;
  • Jarrohlik;
  • Neyroxirurgiya;
  • Sog‘liqni saqlashni boshqarish va jamoat salomatligini muhofaza qilish;
  • Urologiya;
  • Morfologiya;
  • Anesteziologiya va reanimatsiya;
  • Travmatologiya va ortopediya;
  • Tibbiy rentgenologiya;
  • Ftiziatriya;
  • Pediatriya;
  • Bolalar jarrohligi;
  • Bolalar anesteziologiyasi va reanimatsiyasi;
  • Bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi;
  • Bolalar nevrologiyasi;
  • Neonatologiya;
  • Bolalar va o‘smirlar ginekologiyasi;
  • Gigiyena;
  • Laboratoriya ishi;
  • Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;
  • Farmatsevtika ishlarini tashkil etish va boshqarish.

    Ushbu fakultetlar o‘z faoliyatini 86 ta kafedralar asosida olib bormoqda. Ularda 1400da ortiq o‘quv xonalari, zamonaviy kompyuterlar va 100 ga yaqin multimedia auditoriyalari bilan jihozlangan. Samarqand tibbiyot universitetida tasarufida bitta akademik litsey, 6 ta texnikum va 2 ta kollej ham faoliyat ko‘rsatmoqda.

    Samarqand dalvat tibbiyot universitetida 5 ta o‘quv binolari , 5 ta talabalar turar joylari, 1 ta DXSH,  2 ta ovqatlanish kafelari, 1 ta sport kompleksi, 1 ta axborot resurs markazi va 2 ta katta majlislar zali ish faoliyat yuritib kelmoqda.

   Universitet matbuot kotibi Odilbek Axmedovning bizga berga ma’lumotlariga ko‘ra bugungi kunda universitetda 2230 o‘ringa mo‘ljallangan 5 ta talabalar turar joylari (TTJ) faoliyat ko‘rsatmoqda.

  • 1-son talabalar turar joyi Dahbet ko‘chasi 37 uyda;
  • 2-son Talabalar turar joyi Dahbed ko‘chasi 41 uyda;
  • 3-son va 4-son talabalar turar joyi G‘iyosiddin Jamshid ko‘chasi 31 uyda joylashgan.

 

 Ushbu talabalar turar joylarida institutda tahsil olayotgan talabalar, Hindiston va Pokiston Respublikalaridan kelib o‘qiyotgan talabalar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilib mazkur joylar zamon talablari darajasiga keltirilgan.

   Universitet xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan 168 ga yaqin shartnoma va memorandumlar imzolangan. Hozirda dunyoning Avstriya, Malayziya, Fransiya, Gruziya, Bolgariya, Yaponiya, Qozog‘iston, Italiya, Ukraina, Rossiya Federatsiyasi, Slovakiya, Polsha, Portugaliya, Tojikiston, Singapur, Janubiy Koreya, Turkiya, Qirg‘iziston, Belarus, Ozarbayjon, AQSH, Germaniya,  Hindiston va Xitoy kabi davlatlarning muntazam ravishda turli sohalarda hamkorlik qilib kelmoqda.

  Samarqand dalvat tibbiyot universiteti quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda faol faoliyat olib boradi:

  Mazkur universitet yuzasidan sizda savol va takliflar tug‘ilgan bo‘lsa, quyidagi manzilga va raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:

  • Telefon: +998 (66) 233-07-66
  • Elektron pochta: sammu@sammu.uz
  • Rasmiy sayt: sammu.uz
  • Manzil: Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi, 18 uy

   Bizni kuzatishda davom eting Ta’lim telekanali ta’limdagi eng so‘nggi yangiliklarni har doim siz bilan bo‘lishishga tayyor!

                                                        Ma’mura To‘rayeva tayyorladi

#Oliygohlar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling