Toshkent farmatsevtika instituti O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash xalq komissariatining 155-son buyrug‘i bilan 1937-yil 16-iyulda tashkil qilingan. Bu voqea Farmatsevtika bo‘yicha mutaxassislarni nafaqat O‘zbekistonda, balki ba’zi O‘rta Osiyo davlatlarida tayyorlash uchun ham asos bo‘lgan. Oliy Farmatsevtik ta’lim strukturasini va farmatsevtlarni tayyorlash bo‘yicha dastur tayyorlangan. 1937-yildan boshlab direktor vazifasini Е.U.Shurpе, P.F.Arxangelskiy, A.S.Valinskiy bajarishgan. Hozirda institutda 3,500 dan ortiq talabalar ta’lim oladilar.

Zamonaviy noyob uskunalar bilan jihozlangan dori vositalarni standartlashtirish ilmiy markaz tashkil qilingan bo‘lib, bu markazning asosiy ish yo‘nalishi dori vositalarining sifat nazorati, ularni standartlashtirish, o‘ziga xos farmakologik xususiyatlarini o‘rganish, klinik davrgacha bo‘lgan tadqiqotlarni o‘tkazish O‘zbekiston hududida dori vositalarini qayd qilish uchun normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishdan iborat. Qisqa muddat ichida 10 ga yaqin preparat ishlab chiqarishga tatbiq etildi.

Shu vaqt ichida institutda sanoat farmatsiyasi hamda farmatsevtlarning malakasini oshirish fakultetlari, kasbiy ta’lim, biotexnologiya, klinik farmatsiya va kosmetsеvtika kabi yangi yo‘nalishlar ochildi. Hozirda institutda quyidagi fakultetlar mavjud:

Institut ilmiy-pedagogik kadrlarni magistratura va doktorantura orqali muvaffaqiyatli tayyorlamoqda, PhD va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha ilmiy kengash tashkil qilingan.
1992-yildan institutda Respublikamizda farmatsevtika fani va amaliyotining ko‘zgusiga aylangan “Farmatsevtika jurnali” muntazam ravishda nashr qilina boshladi. Jurnalning https://farjur.uz (Wayback Machine saytida 2022-12-03 sanasida arxivlangan)[1] nomli veb-sayti yaratilgan.

Farmatsevtika sanoati bugungi kunda mamlakatimizda jadal rivojlanib kelayotgan sohalardan biridir. Institut farmatsevtika sohasini rivojlantirish uchun har yili 300 dan ziyod kadrlarni xalq xo‘jaligiga etkazib bermoqda. Institutda 4 ta fakultet bakalavriat va magistratura bosqichlarida kadrlar tayyorlamoqda. Institutda Farmatsiya, Qo‘shma fakultet, Sanoat farmatsiyasi va Farmatsevtlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetlarida 11 mutaxassislik bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.

Shu bilan birga institut hududida talabalar uchun “Book-café”, “Til markazi”, “O‘quv amaliyot kompleksi” va yangi sport maydonchasi faoliyat olib boradi. Institut quyidagi yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlaydi:

Toshkent farmatsevtika instituti hududida ikkita talabalar turar joyi (TTJ) mavjud bo‘lib, ular 1969 va 1977-yillarda qurilgan. 2019-yil 26-oktyabr kuni 1-sonli talabalar turar joyi kapital ta’mirdan chiqib, talabalarga foydalanish uchun topshirilgan. Institutning 1- va 2-sonli talabalar turar joylari 4 qavatdan iborat bo‘lib, har bir qavatida barcha qulayliklar mavjud. Talabalar turar joylarining umumiy sig‘imi 670 nafar talabaga mo‘ljallangan. Chet el hamda qo‘shni respublikalardan kelib institutda tahsil olayotgan talabalar soni 42 nafar bo‘lib, ularning deyarli ko‘p qismi talabalar turar joyida istiqomat qiladi. Shuningdek, akademik almashuv dasturlari doirasida kelgan xorijiy talabalar uchun talabalar turar joyidan xonalar ajratilgan.

Institut Umumjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevro bo‘limi bilan Markaziy Osiyo davlatlari uchun farmatsevtika ta’limini isloh qilish bo‘yicha maxsus loyihada Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina, Pokiston, Hindiston, Xitoy oliy o‘quv yurtlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.

Aynan shu oliy o‘quv yurtini tamomlagan Tulyaganov Rustam Tursunovich, Urmanova Flyura Faridovna kabi jonkuyar insonlar institut faxri hisoblanadi.
Toshkent farmatsevtika instituti quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat olib boradi.
Mazkur institut yuzasidan sizda savol va takliflar tug‘ilgan bo‘lsa, quyidagi manzilga va raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
Bizni kuzatishda davom eting Ta’lim telekanali ta’limdagi eng so‘nggi yangiliklarni har doim siz bilan bo‘lishishga tayyor!
Ma’mura To‘rayeva tayyorladi
#Oliygohlar