Ma’lumki, O‘zbekistonda mashinasozlik va boshqa sanoat turlari rivojlanib borayotganligi sababli mashinasozlik texnologiyasi, arxitektura, axborot texnologiyalari va sanoatda dasturlash (Kompyuter muhandisligi) sohalaridagi mutaxassislarga yurtimizdagi ko‘plab korxona va tashkilotlarda talab yuqori.
Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti (TTPU) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-apreldagi 1106 – sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta-maxsus Ta’lim vazirligi, Avtosanoat AJ hamda Italiyaning Turin politexnika universiteti (Politecnico di Torino) bilan hamkorlikdagi 2009-yil 10-yanvardagi uch tomonlama Shartnomaga muvofiq avtomobilsozlik, mashinasozlik, energetika sanoati, arxitektura sohasidagi tashkilot va korxonalarni yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

Universitet tarkibida 18 fakultet va ko‘plab yirik avtomobil va boshqa korxonalar uchun asosiy ilmiy-tadqiqot markazi va 19 ta ilmiy tadqiqot markazi va laboratoriyalari mavjud.
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining o‘quv binosi 4 qavatli bo‘lib, 1500 dan ortiq talaba tahsil olishi uchun mo‘ljallangan. O‘quv binosida 26 ta o‘quv xonasi, 5 ta IT-xona, 4 ta laboratoriya, 2 ta ma’ruza zali, 2 qavatli axborot-resurs markazi, oshxona va majlislar zali mavjud.

Universitetning o‘quv xonalari zamonaviy zarur mebel va proyektorlar bilan jihozlangani o‘qituvchilarning darslarni samarali o‘tkazishi uchun imkoniyat yaratmoqda. Bundan tashqari, IT-xonalar eng zamonaviy kompyuter texnologiyalari va multimedia jihozlari bilan jihozlangan.
Zamonaviy texnologik asbob-uskunalar, o‘lchash asboblari va mashinalar bilan jihozlangan ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar talabalarning dars davomida olgan nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash imkonini beradi.

Universitetning “Yashil” va “Moviy” ma’ruza zallari har biri 200 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, eng so‘nggi rusumdagi o‘quv mebellari, proyektorlar va multimedia tovush tizimlari bilan jihozlangan.
250 o‘ringa mo‘ljallangan Axborot-resurs markazida talabalarning mustaqil ta’lim olishi uchun barcha imkoniyat va qulayliklar (qattiq va yumshoq versiyadagi kitoblar, jurnal va jurnallar hamda 50 ta zamonaviy kompyuterlar) yaratilgan. Konferensiya zali 250 kishiga mo‘ljallangan madaniy tadbirlar, yirik anjumanlar va marosimlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan.

Hozirda universitetda quyidagi fakultet va kafedralar mavjud:
Universitet bakalavriat va magistratura bosqichida quyidagi yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlaydi:
Bakalavr
Magistratura:

TTPU bitiruvchilari bakalavr (BSc) va magistr (MSc) darajalari bo‘yicha, bir paytning o‘zida 2 ta diplom Politecnico di Torino (POLITO) va TTPU diplomi sohibi bo‘ladilar. Ya’ni bitiruvchilar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra TTPU diplomiga hamda Italiya Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra POLITO diplomiga ega bo‘ladilar.

Universitetda o‘quv jarayonlari Italiyaning Turin universiteti va xalqaro standartlarga mos ravishda olib boriladi Italiyadan kelgan yuqori malakali professorlar va mahalliy professorlar talabalarga ta’lim berishadi. Universitetda darslar to‘liq ingliz tilida zamonaviy metodik yo‘nalishlarga mos ravishda olib boriladi. Talabalarga bilim olishlari uchun hamma sharoitlar yaratilgan. Internet bilan ta’minlangan butun universitet boylab Wi-Fi tarmog‘i ishlab turadi. O‘zbekistonda va xalqaro miqyosda amal qiladigan diplom beriladi.
Bu yo‘nalishda talabalarga birinchi navbatda zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning qo‘llanishi borasida ta’lim beriladi. Bundan tashqari dasturlash texnologiyasi C, C++, HTML,SASS, CSS, JAVA, JavaScript, Bootstrap, Python, PHP, React va boshqa dasturlash tillari bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari mumkin.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalar yotoqxonasi 4 qavatli bino bo‘lib, mamlakatimizning uzoq hududlaridan hamda xorijiy davlatlardan kelib tahsil olayotgan talaba-yoshlar yashashlari uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berilgan. Talabalar turar joyidagi xonalar barcha kerakli jihozlar: kir yuvish mashinalari, taom tayyorlash uchun plita, mikroto‘lqinli pech, ovqatlanish xonasi bilan ta’minlangan. Talabalar bo‘sh vaqtlarini foydali o‘tkazish. Talabalar bo‘sh vaqtlarini foydali o‘tkazishlari uchun yotoqxonada kutubxona, hamda Wi-Fi nuqtalari ham mavjud. Xorijlik professor-o‘qituvchilarni yashashlari uchun ham barcha zarur shart-sharoitlarga ega, universitet hududida joylashgan alohida yotoqxona ham mavjud.

Toshkentdagi Turin politexnika universiteti so‘nggi 15 yil davomida Yevropa, Amerika va Osiyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va kompaniyalari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Bugungi kunga qadar 20 ta xorijiy davlatlarning 80 dan ortiq universitet va kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirdi. Hamkorlar bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim loyihalari, sanoat darajasidagi hamkorlik, o‘quv va almashinuv dasturlari o‘tkazilmoqda.
Turin Politexnika Universiteti quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda faol faoliyat olib boradi.

Agar sizda yana qo‘shimcha savollar tug‘ilsa quyidagi manzilga va raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
Bizni kuzatishda davom eting Ta’lim telekanali ta’limdagi eng so‘nggi yangiliklarni har doim siz bilan bo‘lishishga tayyor!
Ma’mura To‘rayeva tayyorladi
#Oliygohlar