4–11-sinf öquvçilari uçun «Global Academic Challenge» olimpiadasi: 15-noyabr, Toşkent

Rasm sun’iy intellekt yordamida yaratilgan
Matematika, ingliz tili va rus tili fanlaridan maktablararo Global Academic Challenge (GAC) olimpiadasi 15-noyabr kuni soat 10:00 da Toşkent şahri Sergeli tumanidagi Turkiston xususiy maktabida bölib ötadi. Unda davlat va xususiy maktablarning 4–11-sinf öquvçilari iştirok etişi mumkin.
Kimlar qatnaşadi
- Iştirokçilar tört guruhga bölinadi: 4–5, 6–7, 8–9 va 10–11-sinflar. Har bir guruhda ğoliblar alohida aniqlanadi.
- Fanlar: matematika, ingliz tili, rus tili — bittasini yoki bir neçtasini tanlaş mumkin.
- Savollar özbek va rus tillarida beriladi. Olimpiada oflayn — maktabda ötkaziladi.
Iştirok narxi
- 1 fan — 180 000 söm;
- 2 fan — 300 000 söm.
Turkiston va Registon maktablari öquvçilariga 50% çegirma beriladi.
Sovrinlar
- 1-örin — noutbuk;
- 2-örin — planşet;
- 3-örin — smartfon.
Barça iştirokçilarga esdalik sovğasi beriladi. Natijalar olimpiada kunining özida e’lon qilinadi.
Qanday röyxatdan ötiladi
Röyxatdan ötiş 14-noyabr soat 18:00 gaça davom etadi va Telegram’dagi @GAC_challenge_bot orqali amalga oşiriladi. Qöşimça ma’lumot uçun: +998 50 002 50 55.
Manba: taşkilotçilar — GAC jamoasi (t.me/GAC_challenge)
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'lingBizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling
Obuna bo'ling