Joriy yilda ta’lim muassasalarini oldingi yillarda bitirgan abituriyentlar hamda o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar OTMlarga kirish imtihonlari va o‘qishni ko‘chirish test sinovlarida qatnashish uchun 187 ming 500 so‘m to‘lov qilishi kerak bo‘ladi.
Test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to‘lov summasi bazaviy hisoblash miqdoriga qarab belgilanadi. Amaldagi tartibga ko‘ra, yuqorida ta’kidlab aytilgan talabgorlar test sinovlarida ishtirok etish uchun BHMning 50 foizi miqdorida to‘lov qilishi lozim. Ushbu miqdor esa hozirda 187 ming 500 so‘mga to‘g‘ri keladi (375 ming so‘mning yarmi).
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili test sinovlarida qatnashish uchun to‘lov miqdori 170 ming so‘mni tashkil etgan. Shu hisobda, to‘lov summasi 17 ming 500 so‘mga ko‘tarilgan.
Eslatma! Quyidagi abituriyentlar to‘lovdan ozod etilgan hisoblanadi: