Maqolalar 01/08/2025 826 nafar abituriyent maksimal 189 ball to‘pladi

Bu shubhasiz, rekord natija. Hatto bunkerlar gullab-yashnab, abituriyentlar o‘rniga professional ustozlar testlarni yechib bergan davrlarda ham maksimal ball olganlar soni bunchalar ko‘p bo‘lmagandi, adashmasam. Yoshlarimizga qoyil!  

Albatta, maksimal ball to‘plashda xalqaro va milliy sertifikatlarning tan olinishi ham katta rol o‘ynamoqda. Ammo sertifikatni ham ashula aytgani yoki raqs tushgani uchun emas, bilimi borligi uchun berishadi. Ya’ni sertifikati bor abituriyentda yetarli darajada bilim bor degani. Bu meni juda xursand qiladi. Yana bir bor ilmga chanqoq yoshlarimizga qoyil!

Eng ko‘p maksimal ball biologiya+kimyo fani majmuasida (tibbiyot yo‘nalishi desak ham bo‘ladi), undan keyin ingliz tili+ona tili fanlari majmuasida (ingliz tili filologiyasi yo‘nalishi).

Fanlar majmuasi hamda tillar kesimida 189 ball to‘plaganlar soni quyidagicha:

🔹Biologiya + kimyo fanlari majmuasida (259 nafar)

O‘zbek tili: 227 nafar

Rus tili: 18 nafar

Qoraqalpoq tili: 14 nafar

🔹Ingliz tili + ona tili va adabiyot fanlari majmuasida (234 nafar)

O‘zbek tili: 227 nafar

Rus tili: 4 nafar

Qoraqalpoq tili: 3 nafar

🔹Tarix + chet tili fanlari majmuasida (146 nafar)

O‘zbek tili: 145 nafar

Rus tili: 1 nafar

🔹Matematika + chet tili fanlari majmuasida (139 nafar)

O‘zbek tili: 133 nafar

Rus tili: 4 nafar

Qoraqalpoq tili: 2 nafar

🔹 Davlat va huquq asoslari + chet tili fanlari majmuasida (26 nafar)

O‘zbek tili: 22 nafar

Rus tili: 3 nafar

Qoraqalpoq tili: 1 nafar

🔹Ona tili va adabiyot + chet tili fanlari majmuasida (16 nafar)

O‘zbek tili: 9 nafar

Rus tili: 4 nafar

Qoraqalpoq tili: 3 nafar

🔹Matematika + fizika fanlari majmuasida (5 nafar)

O‘zbek tili: 5 nafar

🔹Fizika + matematika fanlari majmuasida (1 nafar)

O‘zbek tili: 1 nafar

 Izoh: yuqoridagi ro‘yxatga “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilarining natijasi kiritilmagan, chunki ular uchun alohida kvota beriladi.

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling