Foto: Daryo.uz
Jamğarma direktori Gulnoza Ismoilova Toşkentda ötgan “Silk Road University Fair” ta’lim forumi doirasida “Daryo” naşriga bergan intervyusida şu haqda gapirdi. Uning sözlariga köra, oxirgi beş yilda xorijda öqiyotgan 30 nafar özbekistonlik talaba stipendiyadan mahrum etilgan.
Sabablar turliça bölgan. Ba’zi talabalar vatanga qaytmagan, ayrimlari esa öz majburiyatlarini bajarmagan. Yana bir guruhda akademik özlaştiriş körsatkiçlari ketma-ket pasayib ketgan. Jamğarma ular bilan tört tomonlama şartnoma tuzgan edi, şu sababli qonuniy tartibda sud qarorlari qabul qilingan.
Hozir har bir semestr natijasi maxsus platforma orqali baholanmoqda, jarayon doimiy monitoring qilinmoqda. Oldin tuşuntiriş xatlari yozilardi, xolos. Endi esa 26 nafar stipendiat past özlaştiriş bilan qayd etilgan va ularning ota-onalari bilan 2025-yildan beri doimiy aloqa örnatilgan.
Jamğarma stipendiyasi asosida hozir 700 nafar özbekistonlik çet el oliygohlarida tahsil olmoqda. Yiliga xorijiy universitetlarga kirgan 500 nafargaça talabaga stipendiya ajratilmoqda. Bu mablağ şartnoma tölovidan tortib yaşaş xarajatlarigaça qoplaydi.
Gulnoza Ismoilovaning ta’kidlaşiça, Vatanga qaytgan stipendiatlarning 85 foizgaça öz viloyatiga bormay, Toşkentda qolmoqda. Jamğarma 2018-yilgi prezident farmoni asosida taşkil etilgan va çet elda öqigan yoşlarni munosib işga joylaştirişga kömaklaşişi belgilangan.
Davlat byudjetidan jamğarmaga 2025-yilda 600 milliard söm ajratilgan. Rejaga köra, 2026-yilda bu raqam 800 milliard, 2027-yilda 950 milliard, 2028-yilda esa 1 trillion sömga yetkaziladi.
Manba: Daryo.uz
#Grandlar #Chetda tahsil olish #Tartib qoida