Toşkentdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslaştirilgan maktabda ilk bor Silk Road University Fair xalqaro ta’lim forumi va körgazmasi boşlandi. Ikki kunlik tadbirda 10 dan ortiq davlatdan 40 dan ortiq universitet vakillari qatnaşdi.
Körgazmada Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, AQSh, Fransiya, Xitoy, Ispaniya va boşqa davlatlarning ta’lim muassasalari öz dasturlarini taqdim etdi. Şuningdek, xorijda ta’lim oliş imkoniyatlari haqida ma’lumot beruvçi taşkilotlar ham iştirok etdi.
Tadbirda 1 150 nafardan ortiq yuqori sinf öquvçisi, 300 dan ortiq maktab maslahatçisi va 200 ga yaqin maktab direktori qatnaşdi. Iştirokçilar universitetlarning qabul komissiyalari vakillari bilan bevosita muloqot qilib, ta’lim dasturlari, qabul talablari va hujjat topşiriş tartibi haqida ma’lumot oldi.
Ikkinçi kuni maktab maslahatçilari uçun trening va seminarlar ötkazildi. Ularga öquvçilarni oliy ta’lim muassasasini tanlaşda, akademik maqsadlarni belgilaşda va xalqaro universitetlarga hujjat topşirişga tayyorlaşda yordam beriş masalalari muhokama qilindi.
Bunday uçraşuvlar iqtidorli öquvçilarga öz qobiliyatlarini töğri baholaş va kelajakdagi ta’lim yölini ongli tanlaşga yordam beradi.
Manba: Ta'lim va ilm-fan vazirligi
#Oʻquvchi #Oliygohlar #Chetda tahsil olish #Maktab