Namangan şahrida fuqaroni oliy ta’lim muassasasiga öqişga kiritib qöyişni va’da qilib, 18 million söm olgan şaxs uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, gumonlanuvçi fuqaroga uni Andijon iqtisodiyot va pedagogika universitetining 3-kursiga öqişga kiritib qöyişini aytgan. Buning evaziga u 18 million söm talab qilgan. Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Namangan viloyati boşqarmasi va Namangan şahar bölimi xodimlari tezkor tadbir ötkazgan. Tadbir vaqtida gumonlanuvçi kelişilgan pulni olayotganda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari böyiça jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Xabarda şuningdek, avvalroq Toşkent şahrida ham şunga öxşaş holat qayd etilgani eslatilgan: fuqaroni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 20 ming dollar talab qilgan şaxs 13 ming dollarni olayotganda uşlangan edi.
Bunday “kafolatlangan qabul” va’dalari köpinça haqiqatga töğri kelmaydi. Oliy ta’limga kiriş belgilangan tartib, DTM test natijalari va rasmiy röyxatlar asosida amalga oşiriladi. Heç kimga pul beriş şart emas. Agar kimdir pul talab qilsa, darhol huquqni muhofaza qiliş organlariga murojaat qiliş kerak.
Manba: Daryo.uz
#Yangiliklar #Abituriyent #Oliygohlar