Ta’lim va ilm-fan vazirligi xabar berishicha, respublika miqyosidagi fan olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi davom etmoqda. Olimpiada to‘rt bosqichda o‘tkaziladi va umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar hamda kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘rtasida iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning fanlar bo‘yicha bilim hamda salohiyatini baholashga qaratilgan.
Barcha tuman va shaharlarda qoraqalpoq, tojik va nemis tili fanlaridan sinov jarayonlari o‘tkazilmoqda. Test natijalariga ko‘ra, har bir fan bo‘yicha 3 nafardan g‘olib aniqlanadi. Ular uchinchi — hududiy bosqichda ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Olimpiadaning hududiy va respublika bosqichlarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Respublika bosqichida mukofotlar quyidagicha belgilangan:
Respublika bosqichi g‘oliblari davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun ixtisoslik fani bo‘yicha imtihonlarida maksimal ballni qo‘lga kiritadi. Bu imkoniyat olimpiadada yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar uchun muhim afzallik hisoblanadi.
Olimpiadada ishtirok etayotgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari tuman (shahar) bosqichi natijalarini o‘z vaqtida kuzatib borishlari tavsiya etiladi.
Manba: Ta'lim va ilm-fan vazirligi
#Yangiliklar #Oʻquvchi #Olimpiada