Oliygohlar Darsliklar Xususiy maktablar Oliygoh tanlash boti
O'zbek ▾
O'zbekЎзбекРусскийIngliz tili

Prezident maktablari: ro‘yxat, kvotalar va qabul tartibi

O‘zbekistonda 14 ta Prezident maktabi bor — Qoraqalpog‘iston, viloyat markazlari va Toshkent shahrida. Har biriga yiliga 5-sinfga 24 nafar o‘quvchi qabul qilinadi (ikki sinfga 12 nafardan), jami 336 o‘rin. Maktablar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida.

Ro‘yxat va 2026/2027 qabul kvotalari

#MaktabHudud5-sinfga o‘rinlar
1Nukus shahridagi Prezident maktabiQoraqalpog‘iston Respublikasi24
2Andijon shahridagi Prezident maktabiAndijon viloyati24
3Namangan shahridagi Prezident maktabiNamangan viloyati24
4Farg‘ona shahridagi Prezident maktabiFarg‘ona viloyati24
5Buxoro shahridagi Prezident maktabiBuxoro viloyati24
6Xiva shahridagi Prezident maktabiXorazm viloyati24
7Termiz shahridagi Prezident maktabiSurxondaryo viloyati24
8Qarshi shahridagi Prezident maktabiQashqadaryo viloyati24
9Jizzax shahridagi Prezident maktabiJizzax viloyati24
10Navoiy shahridagi Prezident maktabiNavoiy viloyati24
11Samarqand shahridagi Prezident maktabiSamarqand viloyati24
12Guliston shahridagi Prezident maktabiSirdaryo viloyati24
13Nurafshon shahridagi Prezident maktabiToshkent viloyati24
14Toshkent shahridagi Prezident maktabiToshkent shahri24

Qabul qanday bo‘ladi (2026-yil tajribasi)

Kim topshira oladi
4-sinfni tugatgan, matematika va tabiatshunoslikdan 4-sinf yillik bahosi “5” bo‘lgan o‘quvchilar (5-sinfga qabul)
Hujjat topshirish
25-maydan 14-iyungacha, onlayn: my.gov.uz yoki ariza.piima.uz
Imtihonlar
1-bosqich (saralash) — 25-iyun, 2-bosqich — 17-iyul. Imtihonlar Cambridge hamkorligida tayyorlanadi
Tanlov
60 169 ta ariza, bir o‘ringa o‘rtacha 179 nafar; eng yuqorisi Farg‘ona viloyatida — 279 nafar

Kerakli hujjatlar: so‘nggi 2 oyda tushilgan rasm, tug‘ilganlik haqida guvohnoma, baholar tabeli (direktor tasdiqlagan yoki QR-kodli elektron tabel), ota-ona yoki vasiyning pasport ma’lumotlari, aloqa telefoni. Imtihonga tug‘ilganlik guvohnomasi nusxasi va ruxsatnoma bilan kamida 1 soat oldin boriladi. Natijadan norozi bo‘lsangiz, 3 ish kuni ichida apellyatsiyaga murojaat qilish mumkin.

2027/2028 o‘quv yili qabul muddatlari hali e’lon qilinmagan — 2026-yilda qabul may oyi oxirida boshlangan. Ma’lumotlar Agentlikning rasmiy e’lonlari asosida: qabul kvotalari (30.04.2026), matbuot anjumani (19.06.2026), talablar (25.05.2026). Agentlik ishonch telefoni: 1206.

Ko‘p beriladigan savollar

Qaysi sinfga qabul qilinadi?

Faqat 5-sinfga — 4-sinfni tugatgan o‘quvchilar orasidan.

2027-yilda qabul qachon boshlanadi?

2027/2028 o‘quv yili muddatlari hali e’lon qilinmagan. 2026-yilda hujjatlar 25-maydan 14-iyungacha qabul qilingan, imtihonlar 25-iyun va 17-iyulda bo‘lgan.

Boshqa maktablar