Prezident olimpiadasi yoş sportçilar uçun eng nufuzli musobaqalardan biriga aylanmoqda. Yaqinda Toşkentdagi Olimpiya şaharçasida ikkinçi Prezident olimpiadasining oçiliş marosimi bölib ötdi. Unda mamlakat hududlaridan 3500 dan ortiq yoş sportçi iştirok etmoqda, ular 26 ta olimpiya va paralimpiya sport turi böyiça bellaşadi. Sportçilarga 1,5 mingga yaqin murabbiy hamrohlik qilmoqda.
2027-yildan boşlab Prezident olimpiadasi ğoliblari va sovrindorlarining pul mukofotlari 2,5 barobarga oşiriladi. Birinçi örin uçun 25 million söm, ikkinçi örin uçun 12 million söm, uçinçi örin uçun 6 million söm beriladi. Bundan taşqari, ğoliblarga bir yil muddatga stipendiya tayinlanadi, ammo tölovlar miqdori hali aniqlanmagan.
Oliy ta’lim muassasalari ham imtiyozlar közda tutmoqda. Prezident olimpiadasida ğolib bölib, yangi Özbekiston rekordini örnatgan maktab bitiruvçilari oliy öquv yurtlarining sport yönalişlariga kiriş imtihonlarisiz va davlat granti asosida qabul qilinadi.
Prezident sönggi ön yilda özbekistonlik sportçilarning xalqaro musobaqalardagi natijalari avvalgi önyillikka nisbatan uç barobar köpligini ma’lum qildi: 5518 ta medal, şu jumladan 1675 ta oltin. Osiyo öyinlarida jamoa 70 ta medal bilan beşinçi örinni egalladi, Paraosiyo öyinlarida esa 145 ta medal qölga kiritildi. Şuningdek, 2027-yilning sentabr-oktabr oylarida Özbekiston Ozarbayjon bilan birgalikda 20 yoşgaça yoşlar örtasidagi futbol böyiça jahon çempionatiga mezbonlik qiladi.
Manba: Gazeta.uz
#Oʻquvchi #Imtiyoz #Grandlar #Olimpiada