Yangiliklar 28/10/2026 Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

Bilim va malakalarni baholaş agentligi milliy sertifikat imtihoni natijalarini e’lon qildi. Talabgorlar öz natijalarini my.gov.uz saytidagi “Mening arizalarim” bölimida körişlari mumkin. Sertifikatni ham şu yerdan elektron tarzda yuklab oliş mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika — Raş modeli asosida hisoblangan. Olingan ball böyiça sertifikat darajasi quyidagiça beriladi:

  • 70 balldan yuqori — A+ daraja;
  • 65 — 69,9 ball — A daraja;
  • 60 — 64,9 ball — B+ daraja;
  • 55 — 59,9 ball — B daraja;
  • 50 — 54,9 ball — C+ daraja;
  • 46 — 49,9 ball — C daraja.

Natijadan norozi bölsangiz

Natijadan qoniqmagan talabgorlar 5 kun içida my.gov.uz orqali apellyatsiya şikoyati berişlari mumkin. Apellyatsiya arizalari ariza qabul qiliş töliq yakunlangandan söng ikki hafta içida körib çiqiladi.

Natijangizni vaqtida tekşirib çiqiş va muddatlarni e’tibordan çetda qoldirmaslik muhim.

Manba: Bilim va malakalarni baholaş agentligi

#Abituriyent   #Imtihon   #Sertifikat  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling