Kitob mutolaasini keng tarğib qiliş va yoşlarning adabiyotga qiziqişini oşirişga qaratilgan “Kitobxonlik festivali” Surxondaryoda bölib ötdi. Tadbirda ta’lim sohasi mas’ullari, hududiy bolalar kutubxonalari vakillari, kitobsevar öquvçilar va ota-onalar iştirok etdi.
Festival doirasida beşta körik-tanlov ötkazildi: “Eng kitobxon maktab”, “Eng faol kitobxon öquvçi”, “Ijodkor bolalar”, “Eng kitobxon oila” va “Eng faol kutubxonaçi”. Tanlovlar ğoliblari tantanali ravişda taqdirlandi.
Şuningdek, maktab kutubxonalari faoliyatini jonlantirişda taşabbus körsatgan bir guruh kutubxonaçilar ham munosib rağbatlantirildi.
Körik-tanlovlarga viloyat böyiça 190 mingga yaqin öquvçi jalb etildi, 12 nafar ğolib öquvçi esa munosib rağbatlantirildi. Festival davomida namoyiş etilgan badiiy çiqişlar va kuy-qöşiqlar tadbirga bayramona ruh bağişladi.
Bunday tadbirlar bolalarda kitobga muhabbat uyğotişda va maktab kutubxonalarini qayta jonlantirişda muhim ahamiyatga ega.
Manba: Ta'lim va ilm-fan vazirligi
#Yangiliklar #Kutubxona #Oʻquvchi #Maktab