Yangiliklar 31/10/2026 “El-yurt umidi” va Britiş Council qizlar uçun STEM stipendiyasi böyiça kelişuv imzoladi

Prezident huzuridagi “El-yurt umidi” jamğarmasi va Britaniya Kengaşi (Britiş Council) örtasida muhim kelişuv imzolandi. Samarqandda ötkazilayotgan Global Talent Forum xalqaro anjumani doirasida imzolangan hujjat “Going Global Partnerşips — Sçolarşips for Women in STEM” dasturini Özbekistonda amalga oşirişga qaratilgan.

Hujjatga köra, 2027−2028 öquv yilida beş nafar özbekistonlik qiz Buyuk Britaniyada fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) yönalişlarida tahsil oliş imkoniyatiga ega böladi. Ta’lim xarajatlari qöşma moliyalaştiriş tamoyili asosida taqsimlanadi: 40 foizini “El-yurt umidi” jamğarmasi, qolgan 60 foizini esa Britaniya Kengaşi öz zimmasiga oladi.

Nega bu muhim?

Taşabbus xotin-qizlarning xalqaro ta’lim oliş imkoniyatlarini kengaytirişga hamda ilm-fan va yuqori texnologiyalar sohasida malakali mutaxassislar tayyorlaşga qaratilgan. STEM yönalişlarida qizlar uluşini oşiriş dolzarb masala bölib, bunday imkoniyatlar qiz bolalar uçun muhandislik va texnologiya sohasida karyera quriş yölini oçadi.

Qabul haqida nima ma’lum?

Hozirça dasturga qabul tartibi, nomzodlarga qöyiladigan talablar hamda ariza topşiriş muddatlari haqida batafsil ma’lumot e’lon qilinmagan. Bu haqda keyinroq qöşimça ma’lumot berilişi kutilmoqda. Şu sababli, STEM yönalişida öqişni orzu qilayotgan qizlar rasmiy e’lonlarni kuzatib borişlari tavsiya etiladi.

Eslatib ötamiz, “El-yurt umidi” jamğarmasi avvalroq yoşlarni Janubiy Koreyaning yetakçi oliygohlarida 6 oy davomida yangi kasbga öqitiş rejalaştirilayotgani haqida ham xabar bergan edi.

Manba: Gazeta.uz

#Yangiliklar   #Grandlar   #Chetda tahsil olish  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling