Yangiliklar 13/03/2025 Bakalavriatga qabul uchun fanlar bo‘yicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi

   Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).

Unga ko‘ra:

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

  • -Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta; -Matematika x 10 ta; -O‘zbekiston tarixi x 10 ta; -30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

  • -1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball -2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball -60 ta savoldan jami 156,0 ball.

   2025-2026-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

#Yangiliklar   #Abituriyent  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling