Oliygohlar 13/05/2025 Xalqaro Nordik universiteti

O‘zbekistonda ta’lim tizimi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Bu o‘zgarishlar markazida esa Xalqaro Nordik universiteti (XNU) turibdi – bu nafaqat zamonaviy, balki Shimoliy Yevropa, ayniqsa Finlandiyaning ilg‘or ta’lim yutuqlariga asoslangan yirik xususiy ta’lim klasteridir. U maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni o‘z ichiga olgan yagona innovatsion model asosida faoliyat yuritadi.

Asos solingan tarix va xalqaro hamkorlik

Xalqaro Nordik Universiteti faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining №034528-sonli litsenziyasi asosida boshlagan. 2022-yil 27-may kuni Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbekiston-Finlyandiya tashqi ishlar vazirlarining siyosiy maslahat yig‘ilishida ta’lim sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi. Oradan uch oy o‘tib, 2022-yil 8-sentyabr kuni Xalqaro Nordik universitetining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Ta’lim yo‘nalishlari va bosqichlari

Universitetda hozirda ikki asosiy fakultet faoliyat olib bormoqda: Iqtisodiyot va pedagogika fakulteti hamda Magistratura fakulteti. Ta’lim yo‘nalishlari esa zamon talablari va mehnat bozorining ehtiyojlari asosida shakllangan.

Qanday ta'lim xizmatlari bor?

BAKALAVRIAT (kunduzgi):

Iqtisodiyot;

Moliya va moliyaviy texnologiyalar;

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar;

Boshlang‘ich ta'lim;

Maktabgacha ta'lim;

Maxsus pedagogika;

Musiqa ta'limi;

Psixologiya;

Xorijiy til va adabiyoti;

Tarix;

Amaliy matematika;

Turizm va mehmondo‘stlik;

Jurnalistika.

QO‘SHMA DASTURLAR:

Kompyuter injiniringi (Finlandiya va Koreya);

Biznesni boshqarish (Finlandiya);

Sanoat muhandisligi va menejmenti (Finlandiya);

Iqtisodiyot (Koreya);

Moliya va moliyaviy texnologiyalar (Koreya). 

MAGISTRATURA:

Pedagogika;

Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta'lim);

Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta'lim);

Jahon iqtisodiyoti;

Iqtisodiyot;

Xorijiy til va adabiyoti;

Musiqa ta'limi va san'at;

Jurnalistika;

Amaliy matematika;

Kompyuter injiniringi;

Ma'lumotlar ilmi (data science);

Turizm va mehmondo‘stlik. 

DOKTORANTURA, TAYANCH DOKTORANTURA VA MUSTAQIL IZLANUVCHILIK

Ixtisosliklar:

08.00.03 - Sanoat iqtisodiyoti;

08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit;

08.00.13 - Menejment;

13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha);

13.00.07 – Ta’limda menejment;

13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.

Universitet iqtidorli talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini ham yo‘lga qo‘ygan. Har yili 5 nafargacha eng bilimli talabalar XNU grantiga ega bo‘lish imkoniyatiga ega. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan talabalar uchun kontrakt to‘loviga 50 % chegirma taqdim etiladi.

Strategik hamkorlik – bilim va texnologiyalar almashinuvi

XNUning asosiy strategik hamkori – Finlandiyaning Kareliya amaliy fanlar universitetidir. Ta’lim dasturlari, metodologiyasi, boshqaruv tizimi, kadrlar malakasini oshirish – bularning barchasida Kareliya UAS tajribasi asos qilib olinadi. XNUda o‘qish 2+2 va 3+1 kabi qo‘shma dasturlar asosida amalga oshiriladi, ya’ni talaba o‘qishining bir qismini O‘zbekistonda, qolganini esa Finlyandiyada davom ettirishi mumkin.

Xalqaro Nordik universiteti hozirda quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda faol faoliyat olib boradi:

Kelajak bu yerdan boshlanadi

Xalqaro Nordik Universiteti – bu nafaqat zamonaviy ta’lim maskani, balki yangi avlod yetakchilarini tayyorlovchi global ta’lim markazidir. Ta’limda ishonchli qadam tashlamoqchi bo‘lganlar uchun bu muassasa chinakam imkoniyatlar eshigini ochadi.

XNUga hujjat topshirish uchun onlayn platforma:

https://admission.nordicuniversity.org/

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

Bizni kuzatishda davom eting Ta’lim telekanali ta’limdagi eng so‘nggi yangiliklarni har doim siz bilan bo‘lishishga tayyor!  

Ma’mura To‘rayeva tayyorladi

#Oliygohlar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling