Xorijda olingan diplomlarni tan oliş böyiça navbatdagi test 12-noyabrda ötkaziladi

Xorijiy davlatlarda olingan ta’lim hujjatlarini Özbekistonda tan oliş (nostrifikatsiya) jarayoni yana bir bosqiçga ötmoqda. Bilim va malakalarni baholaş agentligi 2026-yil 12-noyabr kuni navbatdagi test sinovlarini ötkazişini e’lon qildi.
Test sinovida iştirok etadigan talabgorlar röyxati, topşiriladigan fanlar va test ötkaziladigan hudud agentlikning PDF formatdagi e’lonida keltirilgan. Röyxat bilan tanişiş uçun my.gov.uz portali yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali topşirilgan ariza raqamini biliş kifoya.
Imtihon kuni nimalar kerak?
- Belgilangan vaqtdan keçikmasdan imtihon binosiga keliş;
- şaxsni tasdiqlovçi hujjat — pasport yoki ID-karta olib keliş.
Nostrifikatsiya xorijda olingan diplom yoki boşqa ta’lim hujjatini Özbekistonda rasmiy tan oliş tartibi bölib, xorijda ta’lim olib, bu hujjatni vatanda işlatmoqçi bölganlar uçun muhim bosqiç hisoblanadi.
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'lingBizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling
Obuna bo'ling