Oliygohlar Darsliklar Oliygoh tanlash boti
O'zbek ▾
O'zbekЎзбекРусскийIngliz tili
Suhbatlar

Vazir: maktablarda davomat hozir 50 foizga ham yetmayapti

Vazir: maktablarda davomat hozir 50 foizga ham yetmayapti

Foto: Daryo.uz

Ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov bugun maktablarda öquvçilar davomati 50 foizga ham yetmayotganini aytdi. Bu haqda u jurnalist bilan suhbatda gapirdi.

Suhbatda jurnalist darsga kelmayotgan öquvçilar bilan içki işlar va milliy gvardiya xodimlari şuğullanayotganiga munosabatini söradi. Vazir özi Sirdaryo viloyatida işlagan davrida har bir maktabdagi davomatni şaxsan nazorat qilganini va içki işlar organlari xodimlari yordamida körsatkiçni 80 foizga yetkazganini eslatdi. Uning sözlariga köra, davomatni undan yuqoriga kötariş imkoni bölmagan.

Vazirning aytişiça, darsdan qolayotgan öquvçilarning taxminan 10 foizi bozor-öçarda pul topişga çiqib ketgan. Yana taxminan şunça qismi esa boşqa şaharlarga, masalan, Qoraköldagi matematika maktabiga yoki poytaxtdagi öquv markazlariga, repetitorlardan dars olgani ketgan.

Hozirda Toşkentda sinovdan ötkazilayotgan raqamlaştirilgan kuzatuv tizimi har bir maktab va har bir sinfda joriy etilmoqda. Vazirning ma’lum qilişiça, bu tizim keyinçalik butun respublika böylab joriy etiladi.

Darsliklardagi xatoliklar

Suhbatda maktab darsliklaridagi xatolar ham muhokama qilindi. Vazir darsliklarda xatolar köpligini tan oldi, ammo darslik mazmuni bilan vazirlikning özi bevosita şuğullanmasligini aytdi. Bu borada takliflar Ta’lim markazi va Ilmiy tadqiqotlar institutiga yuborilgan.

Rektorlar lavozimi masalasi

Oliy ta’lim muassasalarining 5 nafar rektori lavozimidan ozod etilgani haqidagi xabarlarga ham munosabat bildirildi. Vazirning ta’kidlaşiça, heç bir rektor işdan olinmagan. 6-noyabrda bölib ötgan yiğilişda tört nafar rektorga qattiq ogohlantiriş berilgan. Ularning lavozimida qoliş-qolmasligi esa maxsus tuzilgan işçi guruhning xulosasiga boğliq böladi.

Manba: Daryo.uz

Ulashish: Telegram Facebook
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'lingBizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling Obuna bo'ling