Oliy ta'limdagi dolzarb masalalar: bitiruvçilarning işga joylaşişi va öquv adabiyotlari

Ta'lim va ilm-fan vazirligi yiğilişida oliy ta'lim tizimidagi eng dolzarb masalalar muhokama qilindi. Asosiy e'tibor ta'lim sifatini oşirişga qaratildi: öquv dasturlarini mehnat bozori talablariga moslaştiriş, talabalarning amaliy könikmalarini rivojlantiriş va pedagoglar malakasini oşiriş zarurligi ta'kidlandi.
Bitiruvçilarning işga joylaşişi
Taqdim etilgan ma'lumotlarga köra, davlat oliygohlarining 2026-yilgi bitiruvçilaridan 13,8 ming nafari hozirça iş bilan band emas. Şu sababli iş beruvçilar bilan hamkorlikni kuçaytiriş va kadrlar tayyorlaşda iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlarini hisobga oliş masalalari muhokama qilindi. Bitiruvçilarning işga joylaşişi ta'lim natijadorligini baholaşdagi muhim mezon ekani qayd etildi.
Öquv adabiyotlari bilan ta'minot
Tahlil qilingan 29,7 ming öquv adabiyotining 5,5 mingtasi 20 yil avval çop etilgani ma'lum böldi. Ayrim fanlar böyiça esa adabiyotlar umuman mavjud emas. Şu sababli öquv manbalarini yangilaş va ularni ta'lim dasturlariga muvofiqlaştiriş zarurligi ta'kidlandi.
Talabalar turmuşi va murojaatlar
Talabalar murojaatlarini öz vaqtida hal qiliş va topşiriqlar ijrosini ta'minlaş böyiça rahbarlar mas'uliyatiga e'tibor qaratildi. Yotoqxonalar qurilişining keçikişi hamda ijara xonadonlaridagi şaroitlarni örganişdagi kamçiliklar ham muhokama qilindi.
Rektorlarga topşiriqlar
Kamçiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etiş vazifasi yuklatildi. Rektorlarga 15 kun içida talabalar va öqituvçilar uçun qabullar taşkil etiş, ularning muammolarini joyida hal qiliş çoralarini köriş hamda oylik, çoraklik va yillik iş rejalarini şakllantiriş topşirildi. Bundan taşqari, bir qator oliy ta'lim muassasalaridagi mansabdor şaxslarning lavozimiga loyiqligini örganiş uçun işçi guruh tuziş belgilandi.
Manba: Ta'lim va ilm-fan vazirligi