Foto: Gazeta.uz
Uzoq yillar davomida muhokama qilingan alifboni özgartiriş masalasi nihoyat qonun bilan rasmiylaştirildi. Şu yil 21-oktabrda qabul qilingan qonunni prezident imzoladi. Yangi tahrirdagi lotin alifbosi 28 ta harf va bitta tutuq belgisidan iborat böladi.
Qonun 2027-yil 22-apreldan, ya’ni olti oydan keyin kuçga kiradi. Şu sanagaça çiqarilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlardagi amaldagi harflar ularning amal qilişiga tösqinlik qilmaydi.
Davlat idoralarining ramzlari, binolardagi gerbning börtma tasvirlari va geografik nomlar yozilgan peşlavhalar yaroqsiz holga kelgunça yoki belgilangan muddatgaça işlatilişi mumkin. Vazirlar Mahkamasi boşqa buyum va manbalar uçun ham muddat belgilaydi.
Tilşunoslar fikriça, hozirdan şoşiliş şart emas. Darsliklar, afişalar va şaxsni tasdiqlovçi hujjatlar muddati yetganda yangilanadi. Hukumat esa ötiş mexanizmlarini belgilovçi qaror tayyorlamoqda. Budjet mablağlari, tuşuntiriş işlari va boşlanğiç sinflar qaçondan yangi alifboni örganişi haqidagi batafsil ma’lumot ham şu qaror çiqqandan keyin e’lon qilinadi. Ta’kidlanişiça, heç kim majburlanmaydi, aholiga tuşuntiriş işlari olib boriladi.
Mutaxassislar özgariş faqat tört harfga tegişli ekanini va yangi tahrir yozuvni soddalaştirişini ta’kidlaydi. Ayrim fuqarolar kirill va eski lotin yozuvidan foydalanişda ham davom etadi. Şu sababli ötiş davri qanday keçişi ta’lim muassasalari uçun muhim böladi.
Manba: Gazeta.uz
#Yangiliklar #Oʻqituvchi #Oʻquvchi