Yangiliklar 04/11/2026 Boşlanğiç sinf öqituvçilari: milliy sertifikat uçun 15 foiz ustama va 90 ta test savoli

Boşlanğiç sinf öqituvçilari uçun milliy sertifikat tizimi böyiça yangi tafsilotlar e’lon qilindi. Bilim va malakalarni baholaş agentligi ma’lumotiga köra, milliy sertifikatga ega bölgan pedagoglarga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 15 foiz miqdorida har oylik ustama tölanadi.

Ustama oliş huquqi B+ va undan yuqori darajadagi sertifikat sohibi bölgan öqituvçilarga beriladi.

Nega aynan 90 ta savol?

Milliy sertifikat imtihonida 90 ta test topşiriği qöllanilişi sababi ham izohlandi. Agentlik ta’kidlaşiça, savollar soni tasodifiy yoki ustama miqdoridan kelib çiqib belgilanmagan. Aksinça, u baholanadigan bilim va könikmalar mazmuni, murakkabligi hamda xulosalarning aniqligiga qarab şakllantiriladi.

Jami 90 ta topşiriq uçta yönaliş böyiça teng taqsimlangan, har biriga 30 tadan savol ajratilgan:

  • ona tili: öqiş savodxonligi va uni öqitiş metodikasi;
  • matematika va uni öqitiş metodikasi;
  • pedagogik mahoratni aniqlaş.

Agentlik savollar soni pedagogga beriladigan rağbat miqdorini emas, uning kasbiy kompetensiyalarini işonçli ölçaş zaruratini aks ettirişini ta’kidladi.

Imtihonda nimalar baholanadi?

Imtihon tarkibida metodika, pedagogik va psixologik bilimlar, metodik moslaşuvçanlik hamda amaliy vaziyatlar (keys) ga oid topşiriqlarga alohida örin berilgan. Ya’ni öqituvçi faqat nazariy bilimini emas, uni darsda qöllaş va öquvçilarning qiyinçiliklarini aniqlaş qobiliyatini ham körsatişi kerak.

Imtiyozlar

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga köra, imtihon tölovi böyiça imtiyozlar ayrim ijtimoiy toifalar uçun belgilangan. Xususan, I va II guruh nogironligi bölgan şaxslar hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan ayrim oilalar tegişli miqdorda çegirma oladi.

Umuman olganda, milliy sertifikatlaş tizimi pedagoglarning fan bilimi, metodik tayyorgarligi va pedagogik mahoratini kompleks baholaş, kasbiy rivojlanişini rağbatlantiriş hamda boşlanğiç ta’lim sifatini oşirişga xizmat qiladi.

Manba: Bilim va malakalarni baholaş agentligi

#Oʻqituvchi   #Attestatsiya   #Sertifikat   #Ustama  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling