Oliygohlar Darsliklar Oliygoh tanlash boti
O'zbek ▾
O'zbekЎзбекРусскийIngliz tili
Tanlovlar

“Milliy qadriyatlar tarğibotçisi” respublika tanlovining ğoliblari aniqlandi

“Milliy qadriyatlar tarğibotçisi” respublika tanlovining ğoliblari aniqlandi

Ta’lim va ilm-fan vazirligi “Milliy qadriyatlar tarğibotçisi” respublika tanlovining ğoliblarini aniqladi. Tanlovning hududiy bosqiçlarida ğolib bölgan 14 nafar nomzod öz maktablarida ma’naviy-ma’rifiy yönalişda erişgan natijalari va ilgari surayotgan yangi taşabbuslarini taqdimot şaklida taniştirdi.

Tanlovning maqsadi umumta’lim maktablarida ma’naviy-ma’rifiy işlar samaradorligini oşiriş, yoşlarni milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşga qaratilgan ilğor tajribalarni aniqlaş hamda keng ommalaştirişdan iborat.

Yakuniy natijalar

  • 1-örin — Hanifaxon Obidjonovna Roziqova (Farğona viloyati) — 100 mln söm
  • 2-örin — Feruza Nordongulovna Baydavlatova (Sirdaryo viloyati) — 75 mln söm
  • 3-örin — Şohruh Bahodiroviç Rahimov (Andijon viloyati) — 50 mln söm

Ğoliblar pul mukofotlari hamda vazirlikning maxsus diplomlari bilan taqdirlandi. Taqdirlaş marosimida vazirlik rahbariyati vakillari, mas’ul xodimlar, pedagoglar va tanlov iştirokçilari qatnaşdi.

Tanlovning tuman (şahar) bosqiçida 4 750 nafar iştirokçi qatnaşgan. Hududiy bosqiçning birinçi bosqiçida eng yuqori natija körsatgan 624 nafar nomzod iştirok etgan, har bir tuman (şahar)dan 3 nafardan.

Bunday tanlovlar öqituvçilarni ma’naviy tarbiya sohasida yangi ğoyalarni izlaşga va ularni maktab amaliyotida qöllaşga undaydi.

Manba: Ta'lim va ilm-fan vazirligi

Ulashish: Telegram Facebook
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'lingBizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling Obuna bo'ling