Texnikumlarda yana 45 ta BTEC dasturi joriy etiladi

Foto: Daryo.uz
2026/2027-öquv yilida Özbekistonning yana 45 ta texnikumida Pearson BTEC International Level 3 Extended Diploma dasturlari joriy etiladi. Kasb-hunar ta’limi agentligi ma’lumotiga köra, dasturga yana 3 500 nafar talaba jalb etilişi rejalaştirilgan.
Dastur oltita ustuvor tarmoqdagi 79 ta yönalişni qamrab oladi. Ta’lim özbek, rus va qoraqalpoq tillarida olib boriladi. Texnikumlarda quyidagi yönalişlar böyiça BTEC kurslari öqitiladi:
- muhandislik işi;
- axborot texnologiyalari;
- quriliş;
- sayohat va turizm;
- mehmonxona biznesi;
- soğliqni saqlaş va ijtimoiy yordam.
Dastur nimani beradi?
BTEC dasturlarida mutaxassislik fanlari amaliy maşğulotlar va kasbiy faoliyatga yaqin topşiriqlar bilan uyğunlaştiriladi. Talabalar bilim va könikmalarini bölajak kasbiga mos vazifalarda namoyiş etadi. Bu esa bitiruvçilarning işga joylaşiş va öqişni davom ettiriş imkoniyatlarini kengaytiradi.
Iştirok etuvçi muassasalar
Röyxatda Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri hamda deyarli barça viloyatlardagi texnikumlar bor. Jumladan, Nukus şahar 1-sonli, Samarqand şahar 1-sonli, Çirçiq şahar 1-sonli, Farğona şahar 4-sonli, Buxoro şahar 1-sonli va Çilonzor tuman 1-sonli texnikumlar. Şuningdek, Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari (Andijon, Samarqandning Siyob va Termiz şahridagi) ham dasturga kiritilgan.
Qabul qilingandan keyin
Qabul qilingan talabalar tegişli BTEC malakasiga röyxatdan ötkaziladi. Öquv jarayoni boşlanişidan oldin texnikum ta’lim markazi va Pearson BTEC dasturi tasdiqlaş bosqiçidan ötadi: öqituvçilar malakasi, zarur resurslar va sifatni ta’minlaş mexanizmlari baholanadi. Talablarni bajargan talabalar Pearson BTEC malakasini oliş huquqiga ega böladi.
Dunyoning 70 ta mamlakatida qöllanilayotgan bu dastur Özbekistonda ilk bor Nukus texnikumida joriy etilgan. Kelgusi yillarda taşabbus yanada köproq texnikum va talabalarni qamrab olişi kutilmoqda.
Manba: Daryo.uz