Universities Textbooks Private schools University finder bot
English ▾
O'zbekЎзбекРусскийEnglish

Reklama va hamkorlik

O‘quvchi aynan sizning faningizdagi darslikni o‘qiyotgan paytda sizni ko‘radi. O‘quv markazlar, repetitorlar, xususiy maktablar, oliygohlar va xorijda o‘qish agentliklari uchun.

17 500+foydalanuvchi oyiga
7 800darslik sahifasi ko‘rishi oyiga
2 600oliygoh sahifasi ko‘rishi oyiga
3 100+Telegram kanal obunachisi

Manba: Yandex Metrika, 2026-yil noyabr, oxirgi 30 kun. Saytga kiruvchilarning asosiy qismi Google qidiruvidan, O‘zbekistondan keladi.

Qanday ishlaydi

🎯 Fan va sinf bo‘yicha

Siz tanlagan fan va sinf darsliklari sahifalarida chiqasiz. IELTS markazi — ingliz tili darsliklarida, matematika repetitori — 5–9-sinf matematikasida.

🪧 Banner yoki kartochka

Tayyor banneringiz bo‘lsa — rasm. Bo‘lmasa, sarlavha, bitta gap va tugmadan iborat kartochkani biz tayyorlaymiz.

🏷 Halol belgilanadi

Har doim «Reklama» yoki «Hamkor» belgisi bilan, bir sahifada faqat bitta reklama, sahifaning eng tepasida emas.

📊 Oylik hisobot

Har oy: necha marta ko‘rsatildi, necha kishi ko‘rdi, necha bosish bo‘ldi va qaysi sahifalardan. Sinov va takroriy bosishlar hisobga kirmaydi.

Namuna

Hamkor IELTS 7+ ga 4 oyda — [Markaz nomi]Chilonzor filiali. Birinchi dars bepul, darajangizni aniqlab beramiz. Yozilish →

Tariflar

Katalog

Bepul
  • Katalogda kartochka: nom, manzil, telefon, narxlar
  • O‘zingiz qo‘shasiz, biz tekshirib chiqaramiz
Asosiy

Hamkor

390 000 so‘m / oy
  • Siz tanlagan fan va sinf darslik sahifalarida «Hamkor» kartochkasi
  • Kengaytirilgan katalog sahifasi: logo, rasmlar, filiallar, «Bog‘lanish» tugmasi
  • Oylik hisobot

Mavsum

990 000 so‘m / 3 oy
  • «Hamkor» paketi 3 oyga
  • 15% tejaysiz
  • Qabul va imtihon mavsumlari uchun qulay

Kanal posti

290 000 so‘m
  • @Talim_telekanali kanalida bitta post
  • Saytda «Reklama» belgili maqola
  • Matnni birga tayyorlaymiz

Birinchi hamkorlarga 2 hafta bepul sinov.

Qanday reklamalarni qabul qilamiz

✅ Qabul qilamiz

  • O‘quv va til markazlari, repetitorlar
  • Xususiy maktablar va bog‘chalar
  • Xususiy va xorijiy oliygohlar
  • Xorijda o‘qish agentliklari
  • Ta’lim xizmatlari, kitoblar, onlayn kurslar

⛔ Qabul qilmaymiz

  • Test javoblari, «kafolatlangan ball», diplom va sertifikat sotish
  • Qimor, kreditlar va moliyaviy piramidalar
  • Siyosiy reklama
  • Odob-axloqqa zid rasmlar va matnlar

Savollar

Necha kishi bosishini kafolatlaysizmi?

Yo‘q. Biz ko‘rsatishni va uni ko‘rgan odamlar sonini halol hisoblab beramiz. Bosishlar soni taklifingiz va matningizga bog‘liq, shuning uchun matnni birga tayyorlaymiz.

Ko‘rish qanday sanaladi?

Reklama ekranda kamida 1 soniya, yarmidan ko‘prog‘i ko‘rinib turganda bir ko‘rish sanaladi. Robotlar va sinov bosishlari hisobdan chiqariladi.

Qachon boshlanadi?

Kelishilgan kuni, odatda 1 ish kunida. Matn yoki rasmni tasdiqlaganingizdan keyin chiqadi.

Hamkor bo‘ling: 2 hafta bepul sinab ko‘ring.

Telegram’da yozish →