Oliygohlar Darsliklar Oliygoh tanlash boti
O'zbek ▾
O'zbekЎзбекРусскийIngliz tili
Yangiliklar

6 yoşli bolalar bir yillik maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab olinadi

6 yoşli bolalar bir yillik maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab olinadi

Rasm sun’iy intellekt yordamida yaratilgan

Prezident 10-noyabr kuni «Inson qadrini yuksaltirişga qaratilgan milliy dasturlarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonni imzoladi. Hujjat bilim va malakani mamlakat taraqqiyotining asosiy kapitaliga aylantiriş böyiça milliy dasturning asosiy yönalişlarini belgilaydi.

Ta'lim sohasidagi eng muhim bandlardan biri — 6 yoşli bolalarni maktabga tayyorlov guruhlari bilan töliq qamrab oliş. Farmon ilovasiga köra, bir yillik majburiy maktabga tayyorlov qamrovini 100 foizga yetkaziş maqsadiga 2027-yilda erişiş közda tutilgan.

Boşqa yönalişlar

  • nodavlat maktabgaça ta'lim taşkilotlariga amaldagi imtiyozlarni saqlab qoliş va ularning samaradorligini baholaş;
  • barça umumta'lim maktablarini bosqiçma-bosqiç xalqaro baholaş dasturlari bilan qamrab oliş;
  • texnikumlarda xalqaro ta'lim standartlarini joriy etiş va yoşlarni yuqori daromadli kasblarga öqitiş;
  • kamida 10 ta oliy ta'lim taşkilotini nufuzli xalqaro reytinglarning top-1000 talikka kiritiş;
  • 10 million nafar yoşni raqamli industriya va kelajak kasblariga jalb qiliş;
  • özbek tilining raqamli muhitda ilm-fan va texnologiyalar tili sifatidagi mavqeini mustahkamlaş.

Eslatib ötamiz, «Ta'lim töğrisida»gi qonunga köra, 6 yoşdan 7 yoşgaça bölgan bolalarni bir yil davomida umumiy örta ta'limga tayyorlaş majburiy hisoblanadi. Tayyorlov maktabgaça ta'lim tizimi doirasida, boğçalarda amalga oşiriladi.

Kamida 10 ta oliy ta'lim taşkilotini top-1000 talikka kiritiş esa 2030-yilga möljallangan.

Manba: Prezident farmoni

Ulashish: Telegram Facebook
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'lingBizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling Obuna bo'ling