Yangiliklar 24/12/2024 Ayrim talabalarga davlat granti berilishi mumkin?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasida "Ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar" mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev tizimda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi. 

Unga ko‘ra, endilikda kambag‘al oila reyestridagi talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 80 foizdan yuqori bo‘lsa, keyingi o‘quv yili uchun davlat granti va foizsiz kredit taqdim etilishi rejalashtirilgan. Bu kelgusida yoshlar yetuk mutaxassis bo‘lishiga zamin yaratadi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, 2024-yil 1-dekabrdan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi.

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling