Maqolalar 22/12/2024 Qanday qilib chet elda o‘qish uchun grant yutish mumkin?

   Hozirgi vaqtda juda ko‘pchilikni “Qanday qilib chet elda grant asosida o‘qishim mumkin?”, “Buning uchun nimalar talab qilinadi?”, “IELTSdan yuqori ball olsam, grant yuta olamanmi?” yoki “Grant yutish uchun baholar ahamiyatlimi?” degan savollar qiynaydi. Ushbu maqola sizni qiziqtirgan savollarga javob berishga harakat qilamiz.

   Agar siz haqiqatda chet elda ta’lim olmoqchimisiz, unda chet elda o‘qish imkoniyatini taqdim etadigan grantlar haqida tanishing. Chet el grantlari asosan, 3 turga bo‘linadi: 

  • –universitet tomonidan beriladigan grantlar;
  • –hukumat tomonidan beriladigan grantlar;
  • –tadqiqotlar uchun beriladigan grantlar. 

   Bu grantlar qaysi yo‘nalishlarda o‘qish uchun berilishi hamda grant miqdori (to‘liq xarajatlarni qoplovchi, faqat o‘qish xarajatlarini qoplovchi, qisman xarajatlarni qoplovchi hamda stipendiya) ga qarab bir-biridan farq qiladi. 

Universitet tomonidan beriladigan grantlar odatda bakalavr va magistratura bosqichlari uchun universitetlar tomonidan ajratiladi. Bu jarayonda talabalardan quyidagi majburiyatlar talab etiladi: 

–universitet va tanlangan yo‘nalishning kirish talablariga javob berish;

–grantni doimiy saqlab qolish uchun o‘qish davomida aktiv bo‘lish va semestrlarni yuqori baholarga yopish. 

Grant yutishda muhim rol o‘ynovchi omillar, oldingi o‘quv bosqichidagi yuqori baholar hamda ushbu yo‘nalishga doir yutuqlar (tajriba, loyihalar va ilmiy ishlar) ham sizning grant uchun qo‘ygan har bir qadamingizni yaqinlashtiradi. Shu bilan birgalikda talabalar o‘zlari haqidagi “Motivatsion xat” taqdim etishlari talab etiladi. 

Motivatsion xatda asosan: 

–nima uchun aynan shu yo‘nalishda o‘qish sabablari va rejalar aniqligi;

–qolganlardan ajralib turuvchi jihatlari haqida;

–universitet uchun qanday foyda keltira olish va kelajak rejalari keltirilgan bo‘lishi kerak. 

  Shuningdek, yaxshi yozilgan akademik tavsiyanoma, IELTS kabi(SAT, GME, GMAT) til sertifikatlari bo‘lishi grant yutish uchun qo‘shimcha yordam beradi.   Sertifikatlar bo‘lishidagi asosiy maqsad, ular orqali to‘plangan tajriba hisoblanadi. Universitet grantlariga ko‘p hollarda alohida hujjat topshirish talab qilinmaydi. Hujjat topshirgan barcha abituriyentlar talablarga mos keluvchi grantlarga avtomatik nomzod sifatida olinadi. Ba’zi hollarda ularga alohida hujjat topshirish talab qilinadi. Bu faktor stipendiyaga qarab farq qiladi.

Hukumatlar tomonidan beriladigan grantlar (Government Grant Definition) odatda ushbu bosqichlar uchun: 

  • magistr;
  • –almashinuv dasturlari (maktab yoshidagilar uchun ham);
  • –tajriba almashinuv dasturlari;
  • –bakalavr;

 Bularga quyidagi grantlar misol bo‘la oladi:

–Fulbright (AQSh);

–Chevening (Buyuk Britaniya);

–DAAD (Germaniya);

–Erasmus Mundus (Yevropa davlatlari);

–GKS (Koreya);

–UGRAD (AQSh);

–FLEX (AQSh).

Hukumat tomonidan beriladigan grantlarning ko‘p hollarda o‘qish, turar joy, safar va yashash xarajatlari to‘liq  moliyalashtiriladi.    Tadqiqotlar uchun beriladigan grantlar asosan bu imtiyoz ushbu bosqichlar uchun amal qiladi: 

–Magistr (tadqiqot turi);

–PhD (doktorantura);

–Post doktorantura;

–Tadqiqot loyihalari ustida ishlash. 

Muhimi qayerda va qanday ilm olish emas, berilgan imkoniyatlardan o‘z vaqtida oqilona foydalanib bilim olish hisoblanadi.

                                                      To‘plovchi Ma’mura To‘rayeva

 

 

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling