Yangiliklar 24/12/2024 18 yoshli yigit O‘zbekiston tarixida birinchi marta SAT testidan eng yuqori ball to‘pladi

18 yoshli Parviz Toʻqsanov Oʻzbekiston tarixida birinchi marta SAT testi(dunyoning yetakchi universitetlariga kirish uchun asosiy imtihon)dan eng yuqori ball toʻpladi. 

Buxoro viloyatida tugʻilgan Parviz ushbu natija bilan dunyoning eng yetakchi Garvard, Stenford, Yel, Prinston, Oksford, Kembrij va boshqa universitetlarida oʻqish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. Endilikda u ushbu oliy taʼlim muassasalaridan birida tahsil olishi mumkin.

Maʼlumot uchun, Parviz Toʻqsanov bundan 2 yil oldin, yaʼni 16 yoshida IELTS imtihonidan 8,5 ball olgan edi.

 

Manba: https://t.me/oyinauz/18903

#Sertifikat   #Chetda tahsil olish  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling