2025-yil 26-iyungi Prezident Farmoniga ko‘ra, pensiya bilan bog‘liq ma’lumotlar raqamlashtirilib, fuqarolar uchun qulay va avtomatik xizmatlar joriy etiladi.
Iyul–oktyabr oylarida — Har bir mahallada hokim yordamchilari “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan hamkorlikda, fuqarolarning mehnat daftarchasi ma’lumotlari tuman (shahar) bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlari orqali raqamlashtiriladi.
2026-yil 1-avgustgacha:Oliy ta’lim muassasalari talabalarining o‘qish davriga oid ma’lumotlari to‘liq raqamlashtiriladi. Ushbu ma’lumotlar avtomatik ravishda elektron bazalar orqali tegishli vazirlikka yuboriladi.
2026-yil 1-dekabrdan:
“Mening pensiyam” onlayn xizmati joriy etiladi — ish staji va oyliklar asosida pensiya miqdori oldindan aniqlanadi.
Pensiya bilan bog‘liq barcha xizmatlar to‘liq elektron, proaktiv va interaktiv shaklga o‘tkaziladi. Ya’ni fuqaro ariza bermasdan ham xizmat avtomatik amalga oshiriladi.
#Maqola