University College London (Buyuk Britaniya)da grant asosida magistraturada o'qish imkoniyati.
Umumiy maʻlumotlar
UCL Global Masters stipendiyasi daromadi past boʻlgan xalqaro talabalarga University College Londonda magistraturada oʻqishga kirish va ularni ragʻbatlantirishga qaratilgan.
Ushbu dastur yoshi, millati dini va irqidan qatʼiy nazar dunyo boʻylab magistratura bosqichini Buyuk Britaniyada oʻqish istagida boʻlgan hamda bakalavr bosqichini tamomlagan yoshlar uchun moʻljallangan.
Dasturda qatnashish uchun nomzod University College London universitetining 2025-2026-yillar uchun moʻljallangan kunduzgi oʻquv kurslaridan biriga qabul uchun ariza topshirgan boʻlishi lozim.
Dasturga qabul qilingan nomzodlarga £15,000 miqdorida stipendiya ajratiladi va ushbu stipendiya birinchi navbatda oʻquv toʻlovlarini qoplashga hamda yil davomida talabaning boshqa taʼminotlari uchun sarflanadi.
Maqbullik shartlari
Dasturda qatnashish uchun nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:
Ushbu dasturga ariza topshirish uchun nomzoddan quyidagilar talab etiladi:
Foydali tomonlari
Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
Eslatma: Ushbu stipendiya faqat bir oʻquv yili uchun amal qiladi.
Hujjat topshirish
Dasturga ariza topshirish jarayonida, nomzod avvalo UCLga kirish uchun ariza topshirgan boʻlishi lozim.
UCL magistratura kurslari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Stipendiyaga onlayn ariza berish uchun ariza shakliga kirish haqida koʻrsatmalar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Ariza shaklini qanday toʻldirish kerakligi va kerakli maʼlumotlar haqida yoʻriqnomani ushbu havola orqali koʻrish mumkin.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Dasturga qabul 2025-yilning 8-mayiga qadar davom etadi. Qabul qilingan nomzodlarga natijalar iyun oyining oxirlarida yuboriladi.
Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: studentfunding@ucl.ac.uk yoki 0207 679 0004 telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilish mumkin.
#Ta'lim telekanali