O‘zbek xalqi azaldan bolajon xalq, shu sababli mamlakatda bolalar shifokori ya’ni pediatrlarga bo‘lgan talab ham yuqori.
ToshPTI (Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti) – bu oliy ta'limning asosiy va kasbiy ta’lim dasturlarini, shuningdek o‘quv, metodik, ilmiy faoliyatni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiruvchi davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti 1972 yilda tashkil etilgan va "Pediatriya ishi" yo‘nalishi bo‘yicha yetakchi institutdir.

Institut tarixi
Institutning asosiy vazifasi O‘rta Osiyo respublikalari va Janubiy Qozog‘iston uchun yuqori malakali vrach-pediatrlar tayyorlash edi. Bunday vazifaning bo‘lishiga sabab, O‘rta Osiyo respublikalari aholisi tarkibida bolalar sonining ko‘pligi, hududda pediatr shifokorlarning yetishmasligi, bolalar O‘rtasidagi kasallik va o‘lim ko‘rsatkichlarining yuqoriligi, pediatriya sohasida yetuk olimlarning yetishmasligi edi.
O‘rta Osiyoda yagona hisoblangan Toshkent Pediatriya Tibbiyot instituti Sobiq Ittifoq davrida 1972 yilda O‘rta Osiyo Pediatriya tibbiyoti instituti nomi bilan tashkil topgan. Institutni ochish to‘g‘risidagi Ittifoq Ministrlar Soveti qarorining asl nusxasida: «Toshkent shahrida O‘rta Osiyo Tibbiyot Pediatriya institutini tashkil etish haqida: 1972 yilda Toshkent shahrida Ittifoq Sog‘liqni Saqlash Vazirligining Toshkent va Andijon Tibbiyot institutlari Pediatriya fakultetlari bazasida O‘rta Osiyo tibbiyot pediatriya instituti tashkil etilsin», deb yozilgan Institut uchun, dastlab Toshkent shahridagi 5- yuqumli kasalliklar kasalxonasi, hozirgi ToshPTI yotoqxonasi va kattalar klinikasi joylashgan bino ajratildi. Institutning rasmiy ochilishi 1972 yil 7 sentyabrda bo‘lib o‘tgan va uning nomi O‘rta Osiyo Pediatriya tibbiyot instituti – SAMPI deb yuritila boshlagan.
Institut 1988 yilgacha Sobiq Ittifoq Sog‘liqni saqlash vazirligi qaramog‘ida turdi, so‘ng O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi. Shundan boshlab qo‘shni respublikalardan talaba qabul qilish to‘xtatildi. O‘rta Osiyo tibbiyot pediatriya instituti 1989 yil 28 apreldan boshlab O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining 357-sonli buyrug‘iga asosan Toshkent Pediatriya tibbiyoti instituti – ToshPTI deb yuritila boshladi.
O‘tgan davr ichida ToshPTIda vrach – pediatr, bolalar jarrohi, bolalar infeksionisti kabi kasb egalarini, ya’ni 30 mingga yaqin shifokorlar tayyorladi. Xalq tilida aytganda ularning barchasi ham super kontraktda emas, aksincha 1065 bitiruvchi talaba institutni imtiyozli diplom bilan tugatgan.
Institut tarkibida 39 ta bo‘lim va kafedralar mavjud. Institutda faoliyat olib borayotgan Professor-o‘qituvchilar tarkibiga 516 nafar xodim kiradi, shundan 76 nafari fan doktorlari va professorlar, 201 nafari fan nomzodlari va dotsentlardir.

ToshPTI da litsenziyada o‘qish quyidagi 5 ta yo‘nalish bo‘yicha olib boriladi:
Hozirgi kunda institutda 40 ta MDH va 45 ta xorijiy mamlakatlar fuqarolari tahsil olishadi.
Institutda talabalar soni oshishi bilan qurilishlar jadallashtirildi, o‘quv binolari, klinik bazalar, yotoqxonalar kengaytirib borildi: 1976 – 1978 yillarda 1860 o‘rinli 5 ta yotoqxona ishga tushirilgan bo‘lsa, 1976 yilda institut hududida uch qavatli yangi zamonaviy morfologik bino, 1981 yili o‘quv-davolash binosi – SAMPI maktabi, 1985 yili yangi bolalar klinikasi, 1990 yili 4 qavatli o‘quv- ma’muriy bino qurib ishga topshirilgan.
Agar sizda yana qo‘shimcha savollar tug‘ilsa quyidagi manzilga va raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
Bizni kuzatishda davom eting Ta’lim telekanali ta’limdagi eng so‘nggi yangiliklarni har doim siz bilan bo‘lishishga tayyor!
Ma’mura To‘rayeva tayyorladi.
#Oliygohlar