Oliygohlar 08/04/2025 Urganch davlat universiteti

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining tashkil topishi o‘ziga xos tarixga ega. Tarixga nazar soladigan bo‘lsak, 1935-yilning 9-noyabr sanasida Urganch shahrida Xorazm o‘qituvchilar tayyorlash instituti ochilgan. 1942-yilning birinchi sentyabr sanasidan e’tiboran esa bu muassasa Xorazm davlat pedagogika instituti sifatida faoliyat yurita boshlagan.   

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil fevral oyida e’lon qilingan farmoniga asosan, Xorazm davlat pedagogika institutiga universitet maqomi berilib, Urganch davlat universiteti (UrDU) tashkil etilgan.

   Hozirda Urganch davlat universitetida 11 ta fakultet, magistratura    va sirtqi bo‘limlarda talabalar ta’limi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, jami 41 ta kafedralarda ming nafardan ziyod professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 

   Universitetda 76 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishi, 37 ta magistratura mutaxassisliklari va 8 ta qo‘shma ta’lim dasturlarida  jami  30 ming nafardan ortiq talabalar quyidagi fakultetlarda tahsil olishadi: 

  • Fizika - Matematika fakulteti;
  • Filologiya fakulteti;
  • Texnika fakulteti;
  • Pedagogika fakulteti;
  • Tabiiy fanlar fakulteti;
  • Tarix fakulteti;
  • Turizm va iqtisodiyot;
  • Kimyoviy texnologiyalar;
  • San’atshunoslik fakulteti.

   Urganch davlat universiteti xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ta’lim va ilmiy sohada hamkorlik aloqalar geografiyasini kengaytirish maqsadida 30 ta mamlakatning nufuzli 80 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari bilan shartnoma imzolab, hamkorlik qilib kelmoqda. O‘quv jarayonlariga Rossiya, AQSh, Ukraina, Polsha, Sloveniya, Koreya, Eron va Belorus Respublikasi kabi qator davlatlarning oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari jalb qilinmoqda.

   Bugungi kunda universitetda 7 ta talabalar turar joylari mavjud bo‘lib, 3 100 o‘ringa mo‘ljallangan. Yotoqxonaning har bir qavati 1 ta televizor, 4 ta sovutgich, 4 ta elektr plita, 2 ta kir yuvish mashinalari bilan jihozlangan. Ushbu yotoqxonada talabalarning yashashi bilan birgalikda, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitishni tashkil qilish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

  Universitetda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish maqsadida coworking (kovorking), axborot resurs va hunarmandchilik markazlari faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.

  Urganch davlat universiteti quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda faol faoliyat olib boradi:

  Agar sizda qo‘shimcha savol va takliflar bo‘lsa, quyidagi manzilga va raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:  

  •  Manzil: O‘zbekiston, Urganch shahar, 220100, Hamid Olimjon ko‘chasi, 14-uy; 
  • Telefon: +998 62 224 6700;
  • E-mail: info@urdu.uz;
  • Transport: Avtobus 7, 13, 28. 

  Bizni kuzatishda davom eting Ta’lim telekanali ta’limdagi eng so‘nggi yangiliklarni har doim siz bilan bo‘lishishga tayyor! 

Ma’mura To‘rayeva tayyorladi

 

 

 

 

 

 

#Oliygohlar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling