Yangiliklar 11/04/2025 Endi yaxshi o‘qigan talabalarga foizsiz ta’lim krediti beriladi

 Hozirgacha faqat qizlarga foizsiz kredit berilar edi. 

Prezident raisligidagi videoselektorda quyidagi yangiliklar ma’lum qilindi: 

✅ oliygoh, kollej va texnikum talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi kamida 80 foiz bo‘lsa, ularga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti beriladi;

✅ oliygoh, kollej yoki texnikumga kirishda grant uchun yetarli ballning 80 foizini to‘plagan kambag‘al oila farzandlariga qo‘shimcha grant ajratiladi.

Bundan tashqari, moliyaviy mustaqil bo‘lgan oliygohlarning har biri yiliga kamida 1 milliard so‘mlik grant e’lon qiladi.

Bu grantlar hisobidan, fanlarni o‘zlashtirishidan kelib chiqib, kambag‘al oila farzandlari kontraktining 20 foizdan 80 foizgacha qismi qoplab beriladi.

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling