Siz Tashqi ishlar vazirligida ishlashga, xalqaro munosabatlarda faol ishtirok etishga qiziqasizmi? Ha, aynan siz davlatning diplomatik aloqalarida ishtirokchi bo‘lishingiz mumkin. Qanday qilib deysizmi?
Unda, ozgina vaqtingizni ajratib o‘zingizga kerakli eng qimmatli ma’lumotlarni bilib olishingiz mumkin.
O‘zbekistonda va xalqaro miqyosda iqtisodiyot, diplomatiya va boshqa global muammolar bo‘yicha mutaxassislar sonini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 23-sentyabrdagi PF-474-sonli Farmoni bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) tashkil etilgan. Universitet O‘zbekistonda xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro huquq, xalqaro munosabatlar sohasida yetakchi kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti va yirik ilmiy markaz hisoblanib, u Tashqi ishlar vazirligi tizimiga kiritilgan.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) quyidagi yo‘nalishlarda
Sohalarida yuqori saviyadagi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlaydigan tayanch oliy ta’lim muassasasidir. Universitet professor-o‘qituvchilari tarkibi 160 nafar bo‘lib, ulardan 17 nafari professor, 17 nafari fan doktori va 52 nafari fan nomzodidir.
Hozirgi kunda JIDUda 3 ta fakultet mavjud:
Bundan tashqari universitetda 25 ta kafedra, til markazi (jahon tillari, fransuz tili, nemis tili, oʻzbek tili kafedralari bilan) kompyuter; testlar; “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazlari; boshqaruv instituti; tahrir va nashriyot boʻlimi; “Biznes olami” va “Ziyokor” oʻquv markazlari, “Internet” klubi va yuridik klinika faoliyat yuritadi.
Universitet o‘z bag‘riga 300 ming asar joylashgan ilmiy kutubxonaga ega. Ta’lim sifatini oshirish maqsadida muntazam xorijiy mamlakatlardan professorlar, amaliyotchi mutaxassislar taklif qilinadi, zamonaviy kompyuter texnologiyasidan keng foydalaniladi.
Siz bu yerda ta’lim olish bilan bir qatorda Universitetda BMT, UNESCO, TASISning Toshkentdagi vakolatxonasi xodimlari, xorijiy davlat arboblari, diplomatlari, Oʻzbekistondagi chet mamlakatlar elchixonalari vakillari bilan o‘tkaziladigan uchrashuvlarda ham ishtirok etishingiz mumkin bo‘ladi.
JIDU da oʻquv qoʻllanmalari, dasturlar, ilmiy va uslubiy qoʻllanmalar chop etadi, “Xalqaro munosabatlar” jurnali nashr etiladi.
Aynan shu universitetni tamomlagan Saida Mirziyoyeva, Sherzodbek Asadov, Feruza Mahmudova, Hilola Umarova, Oybek Qosimov kabi bir qancha faol bitiruvchilari bugun jamiyatning yuqori tashkilotlarda faoliyat yuritib, davlatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shmoqda.
Bugungi kunda JIDU talabalari 4 ta Yevropa oliy o‘quv yurtlari bilan: Kastiliya–La Mancha universiteti (Ispaniya); Lund universiteti (Shvetsiya); Padov universiteti (Italiya); I. Kusa nomidagi Yas universiteti (Ruminiya) akademik almashinuvni kengaytirishga qaratilgan "Erasmus+" ta'lim loyihalari bo‘yicha faol hamkorliklarda ishtirok etishmoqda.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamkor universitetlar o‘rtasida 24 ta memorandum, 22 ta kelishuv, 12 ta shartnoma va 2 ta protokolni imzolash orqali 60 dan ortiq xorijiy universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan yetakchi universitetlardan hisoblanadi.
Sizda universitetga bo’lgan qiziqish paydo bo‘lgan bo‘lsa, o‘zingiz yoki farzandlaringizni shu dargohda ta’lim olishini istasangiz albatta bu yerdagi yo‘nalishlar bilan tanishib chiqishingiz shart.
Diplomatiya universitetining bakalavr yo‘nalishlari:
|
||
|
||
|
Diplomatiya universitetining magistr yo‘nalishlari:
Siz agar shu universitet talabasiga aylansangiz yotoqxona muammosiga umuman duch kelmaysiz. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining talabalar turar joyi (TTJ) 1992-yil universitet va universitet qoshidagi litsey talabalarini turar joy bilan ta’minlash maqsadida tashkil qilingan. Mazkur talabalar turar joyi 2 ta binodan iborat bo‘lib, 800 o‘ringa mo‘ljallangan. Hozirda TTJda 550 ta talaba istiqomat qiladi.
JIDU da kontrakt-to‘lovlari 1-bosqich talabalari uchun stipendiyasiz – 29 million 428 ming so‘m, stipendiyali – 35 million 642 ming so‘m, 2–4-bosqich talabalari uchun stipendiyasiz – 23 million 740 ming so‘m, stipendiyali varianti esa 31 million 814 ming so‘m etib belgilangan. Magistratura esa 27 million 216 ming so‘m deb belgilangan.
Oliygoh matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, JIDUda 2018 yildan beri kontrakt narxlari oshirilmagan. 2023-2024 yillarda stipendiyasiz o‘qish narxi bakalavriat uchun umumiy – 18 million so‘m, magistratura uchun – 21 million so‘m etib belgilangan.
Agar sizda yana qo’shimcha savollar paydo bo‘lsa bemalol quyida ko‘rsatilgan manzilga va raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin.
- Manzil: 100007, Oʻzbekiston, Toshkent, Mustaqillik shoh koʻchasi, 54.
- Ishonch telefon raqami: (+99871) 267-39-50
- Rektorat: (998 71) 267-67-69
Bizni kuzatishda davom eting Ta’lim telekanali ta’limdagi eng so‘nggi yangiliklarni har doim siz bilan bo‘lishishga tayyor!
Muharrir Ma'mura To'rayeva
#Yangiliklar #Oliygohlar #Talaba