Tanlovlar 10/03/2025 “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanloviga start berildi

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot  manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 26-martga qadar 3 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

🔴“Yo‘qotganlarim va topganlarim” (Said Ahmad);

🔴“Mahmudxo‘ja Behbudiy” (Z.Abdirashidov);

🔴“Martin Iden” (Jek London).

✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5);

🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;

🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet (6/128);

🔵4-o‘rin (4 nafar) – Smartfon (6/128);

🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smartfon (4/64).

✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Planshet (6/128);

🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smartfon (6/128);

🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smartfon (4/64).

🔖 Tanlovda qatnashgan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

Tanlov nizomi bilan tanishish

#Grandlar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling