Tanlovlar 15/02/2025 “Technovation Girls Uzbekistan 2025” start olmoqda!

   Joriy yil 18-fevral, soat 14:00 – Raqamli texnologiyalar vazirligida yangi mavsum ochilish marosimi bo'lib o'tadi! Tadbir bir vaqtning o‘zida Andijon, Namangan, Nukus, Toshkent, Urganch va Farg‘ona shaharlarida o‘tkaziladi. Toshkent shahridagi ishtirokchilarni Raqamli texnologiyalar vazirligida kutamiz.

Dasturda:

  • Tanlov va imkoniyatlar taqdimoti;  
  • Avvalgi ishtirokchilarning muvaffaqiyat hikoyalari; 
  • Netvorking va jamoalar shakllantirish.  

Kimlar uchun?

  • 8-18 yoshli qizlar – IT-startap yaratishni xohlovchilar;  
  • Mentorlar – 19+ yoshli talabalar, ota-onalar, IT va biznes sohasi mutaxassislari.  

Qatnashish imkoniyatlari:  

  • Dasturlash va biznes-rejalashtirish ko‘nikmalari;  
  • Hamfikrlar va foydali jamiyat;  
  • Xalqaro sertifikat;  
  • Finalda Kremniy vodiysiga yo‘l!  

   Dastur “Tech4Impact” NNT tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi va “Yandex Uzbekistan” hamkorligida tashkil etilmoqda.  

Tadbirda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish shart: https://bit.ly/4gJyKQP

“Technovation Girls Uzbekistan 2025” tanloviga arizalarni quyidagi havola orqali yuboring: https://my.technovationchallenge.org/

#Ta'lim telekanali  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling