Tanlovlar 13/05/2025 Germaniyada magistratura yoki doktoranturada o‘qish uchun Konrad Adenauer Fondi stipendiyasi. Oilali stipendiantlarga imtiyoz bor!

Qabul boshlanishi

01/04/2025

 Moliyalash turi

Stipendiya

Davlat

Germaniya 

Oxirgi muddat

15.07.2025 

Kimlar uchun?

Oliy ma’lumotli (bakalavr)

Dastur tili

Nemis tili

Yosh chegarasi

30 yoshgacha

Sohalar

Barcha sohalar

Umumiy ma’lumotlar

Konrad-Adenauer-Fond (KAS) jamg‘armasi xalqaro magistrantlar va doktorantlarga Germaniya universitetlarda o‘qish va ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun grant ajratadi. Maxsus poster bilan bu yerda tanishish mumkin.

Iqtisodiyot, ijtimoiy fanlar, tarix va jurnalistika yoki shu sohalarga aloqador yo‘nalishda o‘qish istagidagi barcha xalqaro talabalar ariza berishi mumkin. Dastur grant g‘oliblariga moliyaviy va ma’naviy yordam, shaxsiy ko‘mak, yuqori saviyadagi seminar dasturlari va butun dunyo bo‘ylab KAS tarmog‘idan foydalanish imkoniyatini beradi. 

Bundan tashqari, dastur davomida dunyoning 3000 ta olimi ishtrokida 180 dan ortiq qiziqarli seminarlar rejalashtirilgan.

Dastur bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.

Maqbullik shartlari

Bakalavr darajasiga ega bo‘lishi/bitirayotgan bo‘lishi va ariza berish vaqtida 30 yoshdan oshmagan bo‘lishi;

Baholari o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lishi;

Nemis tilini yaxshi bilish (B2 darajasi);

Ko‘ngilli ishlarda faol bo‘lish;

Germaniyadagi universitetda kamida uch semestrda o‘qishni rejalashtirgan bo‘lishi;

Umumiy ta’lim yuzasidan yetarlicha bilimga ega bo‘lishi hamda siyosiy masalalarda alohida qiziqish bildirishi;

Demokratiya va inson huquqlari borasida keng qamrovli bilimga ega bo‘lish;

Shijoatkor bo‘lishi va insonlarni hayotdagi maqsadlariga ishontira olishi.

Qo‘shimcha:

  • Tibbiyot yoki farmatsevtika talabalari faqat Germaniyadagi oraliq imtihonni tugatgandan so‘ng yoki saralash bosqichidan o‘tgandan so‘ng hujjat topshirishlari mumkin;
  • Germaniyada inson tibbiyoti va stomatologiya bo‘yicha mutaxassis tayyorlash yoki doktorantura tadqiqotlari uchun stipendiya berilmaydi;
  • Allaqachon biror sohada doktorlik darajasiga ega bo‘lganlarga stipendiya berilmaydi. 

Foydali tomonlari

Magistrantlar uchun oyiga €992 stipendiya; doktorantlar uchun oyiga €1.400 stipendiya beriladi;

Germaniyada kamida uch semestr davomida o‘tkaziladigan tadqiqotlar ham moliyalashtiriladi;

Tibbiy sug‘urta uchun oyiga €120 beriladi;

Uch oy davomida Germaniyada turmush o‘rtog‘i/ayoli bilan yashasa, oyiga €450, agar farzandlari bilan birga yashasa, ular uchun alohida €194 oilaviy nafaqa beriladi (buning uchun farzandining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining nemis tilidagi rasmiy tarjimasini taqdim etish va davlat tomonidan beriladigan bolaga nafaqa berish to‘g‘risidagi talabni bekor qilish kerak bo‘ladi).

Hujjat topshirish

Ariza uchun zarur hujjatlar:

Magistratura uchun:

Tegishli arizani to‘ldirish va quyidagi hujjatlarni ilova qilish kerak:

CV (Tabular formatda) va ikkita foto;

Motivatsion xat (o‘quv maqsadi, kelajakdagi rejalari aks etishi kerak);

Diplom nusxasini ingliz yoki nemis tiliga tarjima qilish;

Nemis tilini bilish qobiliyatini tasdiqlovchi hujjat (B2);

Topshirayotgan universitetidan qabul xati;

2 ta akademik tavsiyanoma. Ushbu xat nomzodning ilmiy malakasi va salohiyati to‘g‘risida ma’lumot berishi kerak (yozilganiga ikki oydan oshmagan bo‘lishi kerak). Muallif universitet professori yoki doktorlik darajasiga ega bo‘lgan o‘qituvchi bo‘lishi lozim.

PhD  uchun: 

Tegishli arizani to‘ldirish va quyidagi hujjatlarni ilova qilish kerak:

Doktorlik dissertatsiyasining batafsil tavsifi: ushbu tavsif nemis yoki ingliz tilida yozilgan bo‘lishi (5-10 bet; shrift hajmi 12; satr oralig‘i 1,5 oralig‘ida) va bunda taklif qilayotgan loyihaning asosiy tadqiqot mavzusi, uning ilmiy ahamiyati, nomzodning nazariy yondashuvi va tadqiqot mavzusini tanlashi sabablari yoritilgan bo‘lishi kerak. Shuningdek, dissertatsiya kalendar rejasi va adabiyotlar ro‘yxatini yozish kerak;

Akademik tavsiyanoma ilmiy rahbar tomonidan yozilishi kerak. 

Rasmiy havola

Hujjat topshirish

Qo‘shimcha ma’lumotlar

Dastur kamida 3 semestr davom etadi.

Tez-tez beriladigan savollarga ushbu havoladan javob topish mumkin.

Ariza bilan bog‘liq barcha savollarni ushbu manzilga yuborish mumkin:

email: auslaenderfoerderung@kas.de. 

#Grandlar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling