Prezident farmoni bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi.
Universitet respublikada pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim tashkiloti bo‘ladi.
Yangi o‘quv yilidan xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda universitetning xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilgan ta’lim yo‘nalishlarida dars berish uchun professor-o‘qituvchilarni tanlab olish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
2026/2027-o‘quv yilidan esa alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “Gospital pedagogika” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
2025/2026-o‘quv yilidan pedagog kadrlar tayyorlash jarayonida qabul faqat kunduzgi va kechki ta’lim shakli bo‘yicha tashkil etiladi. Sirtqi ta’lim shakliga esa qabul amalga oshirilmaydi.
Farmonga ko‘ra, oliy pedagogik ta’lim yo‘nalishida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xulosasi asosida amalga oshiriladi.
2026-yil 1-sentyabrdan respublikadagi mavjud pedagogika texnikumlarining o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim dasturlari bosqichma-bosqich joriy qilinadi.
Shuningdek, farmon bilan 13 ta pedagogika oliygohlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimiga o‘tkaziladigan bo‘ldi:
#Yangiliklar