Ilmiy ishni yozgan sayin antiplagiat natijasi ko‘ngilsiz chiqyapti. Sababi shundaki, ko‘pchilik ilmiy yozuv bilan adabiy bayonotni farqlay olmaydi.
Keling, plagiatdan qanday qochish mumkinligini aniq ko‘rib chiqamiz:
1-MUAMMO: “Chet maqolani tarjima qilib qo‘shdim – plagiatga tushdi...”
YECHIM: Bu usul eskirgan. Tarjima qilgan bo‘lsangiz ham, fikrni o‘z tahlilingiz asosida qayta ifodalang. Har qanday holatda manbani ko‘rsating.
2-MUAMMO: “Ko‘p jumlalar boshqa dissertatsiyalarda bor...”
YECHIM: Juda umumiy iboralar (masalan, “ilmiy tadqiqotlar ko‘rsatmoqdaki…”) ni o‘zingizga moslab, yangilab yozing. Qisqa, aniq, tahliliy yozishga harakat qiling.
3-MUAMMO: “Qanday havola qo‘yishni bilmayman.”
YECHIM:
Agar GOST uslubida yozayotgan bo‘lsangiz, misol: (Karimov I.A., 2015. – B. 26).
Agar APA uslubida bo‘lsa:
Misol: (Karimov, 2015, p. 26)
Matn ichida har bir iqtibosdan so‘ng shunday havola keltirilishi shart.
Foydali odat:
Yozayotgan har bir fikrni ichingizda shunday so‘z bilan yakunlang:
“Men bunga qanday dalil keltira olaman?”
Agar dalil yo‘q – bu sizning fikringiz emas, balki plagiatga aylanishi mumkin bo‘lgan jumladir.
Yordamchi vositalar:
https://antiplagiat.uz – tekshirish uchun;
https://text.ru – rus tilida yozilgan matnlarni tahlil qiladi;
https://quillbot.com – inglizcha matnlar uchun parafraz vositasi.
#Maqola