Maktablar 25/03/2025 Rahimov School maktabi

  Bugungi kunda farzandingizning kelajagi uchun eng muhim qarorlar qabul qilishda ota-onalar ko‘p o‘ylab, yaxshi ta’lim olish imkoniyatlarini qidirishadi. Ta’lim olish jarayoni shunchaki bilim olishdan iborat emas, balki yosh avlodni tarbiyalash, ularning shaxsiy salohiyatini kashf etish va to‘g‘ri yo‘nalishda rivojlantirish hamda ularga zarur qadriyatlarni singdirishdir. Shunday ekan, Rahimov School maktabi, nafaqat a’lo darajadagi bilim beradi, balki farzandingizni to‘g‘ri yo‘ldan borishga, axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga ham yordam beradi.

Rahimov School – ta’limda yangi yondashuv

   Rahimov School 22023-yilda ta’lim sohasida 8 yillik tajribaga ega pedagog Aziz Rahimov tomonidan tashkil etilgan. Maktabning asosiy missiyasi – har bir bolada yashirin bo‘lgan iste’dodni kashf etish va uni to‘g‘ri rivojlantirish. Bu yerda o‘quvchilar nafaqat bilim olishadi, balki o‘zlarining qobiliyatlarini aniqlab, ularga to‘g‘ri yo‘naltirilgan ta’lim orqali hayotga tayyorlanadilar.

Nega aynan Rahimov School?

  Rahimov School – bu nafaqat bilim berish, balki bolalarga mustahkam ruhiy va jismoniy tayyorgarlik hamda ijtimoiy qadriyatlarni singdirish o‘qish joyidir.

Farzandingizning potensiali to‘liq kengayadi: Har bir bola o‘ziga xos qobiliyatga ega. Rahimov Schoolda bolalarga o‘z qiziqishlarini rivojlantirish va o‘zlarining haqiqiy potensialini kashf qilish imkoniyati yaratiladi. Bu yerda o‘quvchilar boshqalar tomonidan tan olinmaydigan, faqat ularga xos qobiliyatlarni rivojlantirishda yordam oladilar.

Qiziqish va motivaatsiya: Maktabda bola o‘z ta’limini qiziqarli va samarali tarzda o‘rganadi, bu esa o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqni oshiradi. Farzandingizga chuqur bilimlar berish orqali, biz unga faqat o‘quv dasturini emas, balki dunyoqarashni ham kengaytiramiz.

Qadriyatlar va tarbiya: Rahimov Schoolda ta’lim jarayoni faqat bilim olish bilan cheklanmaydi. Har bir bola bilan alohida ishlash, ularning axloqiy qarashlarini shakllantirish, jamoat joylarida madaniyatga rioya qilish, ota-onaga hurmat kabi hayotiy qadriyatlarni o‘rgatish birinchi o‘rinda turadi.

Maktabdagi sharoitlar

  Rahimov Schoolda farzandingiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 18 ta zamonaviy sinfxona, kompyuter laboratoriyasi, kutubxona, futbol maydoni, sport zali va boshqa zamonaviy jihozlar mavjud. Maktabda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida 24/7 monitoring tizimi ishlaydi, bu esa ota-onalarga o‘z farzandlarining xavfsizligini ta’minlashda ishonch bag‘ishlaydi.

Darslar va xizmatlar

Darslar: 1-3-sinflarda rus va o‘zbek tillarida, 5-11-sinflarda esa faqat o‘zbek tilida darslar o‘tiladi. Maktabda matematika va ingliz tili chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi. Darslar haftada 5 kun, 08:00 dan 17:15 gacha davom etadi, bu esa farzandingizning bilim olishda samarali bo‘lishini ta’minlaydi.

Oshxona xizmati: Maktabda o‘quvchilarga uch mahal ishonchli va sifatli ovqatlanish taqdim etiladi. 1-11 sinf o‘quvchilari uchun oshxona xizmatiga bir oyda atigi 790 000 so‘m to‘lanadi. Buning evaziga o‘quvchilar o‘qish davomida yuqori sifatli ovqatlanish bilan ta’minlanadi.

Stipendiyalar: Farzandingiz yuqori darajadagi bilimlar ko‘rsatkichlarini namoyish qilsa, maktabda muntazam stipendiyalar mavjud. Agar o‘quvchi IELTS yoki SAT sertifikatlariga ega bo‘lsa, ta’limga katta chegirmalar taqdim etiladi.

 

Darsdan tashqari mashg‘ulotlar

   Rahimov Schoolda farzandingiz nafaqat bilim oladi, balki jismoniy va aqliy rivojlanish uchun turli xil qo‘shimcha mashg‘ulotlarda ham ishtirok etadi. Sport mashg‘ulotlari, shaxmat, taekwondo, futbol, gimnastika va boshqa faoliyatlar orqali ularning yuksak salohiyatlarini yuzaga chiqarish mumkin.

Pedagoglar va natijalar

   Rahimov Schoolning pedagogik jamoasi malakali va tajribali. Bu yerda ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘z bilimlarini xalqaro miqyosda sinab ko‘rishadi.

   Maktabning yuqori sinf o‘quvchilari IELTS va SAT imtihonlaridan yuqori natijalar olishadi. 2023-2024 o‘quv yilida, bitiruvchilar oliy o‘quv yurtlariga kirishga muvaffaq bo‘lishgan va o‘rtacha $4.5 million grantlar yutishgan.

 

Qabul jarayoni va narxlar

   Farzandingiz Rahimov Schoolga qabul qilish uchun belgilangan fanlardan imtihon topshirishi kerak. Shuningdek, IQ darajasi, axloq va tasavvur psixolog tomonidan tekshiriladi. Qabul jarayonida barcha talablar to‘g‘ri bajarilganda, farzandingiz maktabga qabul qilinadi.

Narxlar:

1-4 sinflar: 4 900 000 so‘m;

5-11 sinflar: 5 480 000 so‘m.

Ota-onalar fikri

Rahimov Schoolda tahsil olgan ota-onalar farzandlarining bilim olish jarayonidan juda mamnun. Ularning fikrlariga asoslanib, maktabning yuqori sifatli ta’limi va tarbiyasi har bir farzand uchun eng yaxshi imkoniyatlarni yaratadi.

Manzillar va aloqa:

  Farzandingizning kelajagi uchun to‘g‘ri qaror qabul qilishni xohlasangiz, quyidagi manzil va raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:

  Rahimov School, farzandingizni kelajakka tayyorlashda eng ishonchli yordamchi bo‘lib, a’lo darajada ta’lim va tarbiya berishga va’da beradi.

Ma’mura To‘rayeva tayyorladi

#Maktab  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling