Har bir inson umrida bir marta bo’lsa-da bu soha vakillariga katta qiziqish bilan qaraydi. Huquq sohasidagi malakali kadrlarni tayyorlab beradigan. Xalq tilida aytganda prokuror, sudya, huquqshunoslarni ishlab chiqaradigan markaz Toshkent davlat yuridik universiteti hisoblanadi.
Universitet O‘zbekistonning yuridik fanlar va yuridik ta’lim milliy markazlaridan biri sifatida e’tirof etilgan yetakchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Uning nufuzi respublikadan tashqarida ham baland hisoblanadi.
Universitet tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, universitet 1918-yil 21-aprelda, Turkiston xalq universitetida ijtimoiy-iqtisodiy fakultet negizida yuridik kafedra tashkil etilgan paytdan boshlanadi. Bu Markaziy Osiyoda, xususan, Oʻzbekistonda yuridik maktabni yaratishdagi birinchi qadam boʻlgan.Ushbu yuridik maktab 1918-yildan 1990-yillargacha OʻzSSR Adliya Xalq komissarligi qoshidagi muassasa sifatida faoliyat olib borgan.
1991-yil 15-avgustda OʻzSSR Ministrlar Sovetining qarori bilan Toshkent davlat universitetining yuridik fakulteti negizida Toshkent davlat yuridik instituti tashkil etilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 28 iyundagi PQ-1990 sonli qarori bilan Toshkent davlat yuridik instituti, Toshkent davlat yuridik universitetiga aylantirilgan. 
Yillar davomida ushbu muassasada yirik huquqshunoslar B.Manelis, M.Lutskiy, S.Avrux, K.Sarimsoqov, X.Qurbonov, N.Kapustyanskiy, T.Eshonbekov, D.Arrenbek, akademiklar S.Radjabov va X.Sulaymonova kabi mashhur yuristlar faoliyat olib borgan.
Bugungi kunda universitet 3 ta o’quv binodan iborat bo’lib, uning bosh oʻquv binosi Sayilgoh koʻchasi 35-uy manzilida joylashgan. Maydoni 3504 ming kv.m tashkil etadi. Binoda 5 kafedra, 26 maʼruza va seminar xonalari, rektorat, Universitet kengashi zali, universitetning maʼmuriy boʻlinmalari, shuningdek, Yuridik klinika faoliyat olib boradi.
Universitetning ikkinchi oʻquv binosi 6927 ming kv.m maydonni egallagan boʻlib, unda 5 ta kafedra, 43 ta maʼruza va seminar mashgʻuloti xonalari, Sud yigʻilishlari xonasi (Moot court), kriminalistik laboratoriya joylashgan. Ushbu oʻquv binolari meʼmoriy yodgorliklar boʻlib, 1875-yilda qurilgan.
Universitetning uchinchi oʻquv binosi 2013-yilda TDYU tasarrufiga berilgan bo‘lib, u Amir Temur koʻchasi 13-uyda 9557 ming kv.m maydonda joylashgan. Kapital rekonstruksiya qilingandan keyin binoda 5 ta kafedra, 21 ta maʼruza va seminar mashgʻulotlari xonasi, 2 ta kompyuter xonasi, zamonaviy sport kompleksi tashkil etilgan.
Hozirda Toshkent davlat yuridik universitetida quyidagi 4 ta fakultet faoliyat yuritmoqda:
Universitetda 19 ta kafedra mavjud bo’lib bugungi kunda universitetda 279 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Ularning 33 nafari fan doktori (DSc), 82 nafari fan nomzodi, 29 nafari falsafa fanlari doktori (PhD), 23 nafari professor, 42 nafari dotsent ilmiy daraja va unvonlariga ega. Hozirda bakalavr bosqichida 4 426 nafar talaba, magistratura bosqichida esa 269 nafar talaba tahsil olmoqda.
Toshkent davlat yuridik universitetining kutubxonasida 3000 nusxadagi kitoblar mavjud bo’lib, jumladan, rus professori Ivan Neymanning 1814-yildagi „Jinoyat huquqining ilk asoslari“ asari, buyuk mutafakkir, fiqh — islom qonunshunosi Burhoniddin al-Margʻinoniyning „Al-hidoya fi sharhi Bidoya al-mubtadi’“ yoki qisqacha „Kitob ul-hidoya“ nomli musulmon huquqiga oid sharhlarining 1893-yilda koʻchirilgan nusxasi, shuningdek, Rossiya imperiyasining 100 jilddan ortiq qonunlar majmuasi mavjud. 2019-yildan boshlab universitet Axborot-resurs markazi Dyusseldorf shahridagi Germaniya universitet kutubxonalari Xalqaro assotsiatsiyasi aʼzosi hisoblanadi.
Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan Saida Mirziyoyeva, Xushnudbek Xudeyberdiyev,Haydar Po’latov, Mirzo-Ulug’bek Abdusalomov, Murodjon Azimov, Xadicha Sulaymonova kabi bir qator faol bitiruvchilar bugun jamiyatimizdagi o’z kasbining yetuk mutaxassislari hisoblanadi.
Toshkent davlat yuridik universitetining qo'shma ta'lim dasturlari doirasida Belarus Respublikasining Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti bilan xalqaro xususiy huquq, Qozog'iston Respublikasining M.S.Narikbaev nomidagi KAZGYU universiteti bilan “Xalqaro iqtisodiy huquq” ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar tayyorlash haqida kelishuv imzolagan.
Bakalavr bosqichida ta’lim olayotgan talabalar, quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlanadi.
Magistratura bosqichida quyidagi mutaxassislar tayyorlanadi
Toshkent davlat yuridik universiteti talabasiga aylangan yoshlar deyarli yotoqxona muammosiga duch kelmaydi. Chunki universitetga qarashli 3 ta talabalar turar joyi mavjud.
1-sonli Talabalar turar joyi 1960-yilda qurilgan bo’lib, Olmazor tumani Talabalar ko‘chasi 192-uy manzilida joylashgan. Bino 4 qavatdan iborat bo’lib, sig’imi 292 ta, jami xonalar soni 148 ta, yashash xonalar soni 115 ta.
2-sonli Talabalar turar joyi ham 1960-yilda qurilgan bo’lib, Olmazor tumani Talabalar ko‘chasi 192-uy manzilida joylashgan. Bino, 4 qavatdan iborat bo’lib, sig’imi 297 ta, jami xonalar soni 144 ta, yashash xonalar soni 115 ta.
3-sonli Talabalar turar joyi binosi 2021-yil dekabr oyidan boshlab universitet talabalari uchun foydalanishga topshirilgan bo’lib, Uchtepa tumani 12 mavzesi 67А-uy manzilida joylashgan. Bino, 4 qavatdan iborat bo’lib, sig’imi 548 ta jami xonalar soni 178 ta, yashash xonalar soni 137 tani tashkil etadi.
Respublikadagi lider hisoblangan Toshkent davlat yuridik universitetining 2023-2024 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt bakalavriat bosqichida ta’lim olayotgan talablarga:
Magistratura bosqichida ta’lim olayotgan talablarga
Agar sizda siz kutgan savollarga biz berolmagan javoblar bo’lsa quyidagi manzilga va raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin.
Sizni qiziqtirgan oliy ta’lim muassasasi haqida oz bo‘lsa-da ma’lumot bera oldik degan umiddamiz. Bizni kuzatishda davom eting Ta’lim telekanali ta’limdagi eng so‘nggi yangiliklarni har doim siz bilan bo‘lishishga tayyor!
Ma’mura To‘rayeva tayyorladi
#Oliygohlar