Yangiliklar 28/04/2025 Xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlar magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida kirish huquqiga ega

Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son qaroriga asosan quyidagi xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlar oliy ta’lim muassasalari magistraturasining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” mutaxassisliklariga kirish imtihonlarini topshirmasdan to‘lov-kontrakt asosida kirish huquqiga ega:

  •  ➖“Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)”, 
  • ➖“Sertifikatlangan diplomli buxgalter (ACCA)”, 
  • ➖“Sertifikatlangan jamoatchi buxgalter (CPA)” 
  • ➖“Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR)”

📌 Eslatib o‘tamiz, magistraturaga hujjat topshirish https://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. 

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling