Xitoydagi top universitetlardan biri hisoblangan Shanxay moliya va iqtisodiyot universiteti talabasi Abdulbosit Baxtiyor bilan samimiy suhbat.
Xitoyga ketishingizdan oldin, yoki farzandingizni Xitoyga joʻnatishdan oldin bu intervyudagi ma'lumotlarni bilib olishingiz shart.
Xitoy hozirgi kunda juda tez rivojlanayotgan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Oldinlari juda koʻpchilik AQShga borishni istagan boʻlsa, hozir Xitoyga talab ortib bormoqda.
Ushbu intervyu davomida siz quyidagi muhim savollarga javob topishingiz mumkin:
- Xitoyga ketish jarayoni qanday boʻlgan?
- Oʻqishga topshirish jarayoni qanday boʻlgan?
- Xitoyda oʻqish qaysi oydan boshlanadi va ta'lim tizimi qanday?
- Oʻqishdan tashqari ishlashga imkoniyatlar?
- Stipendiya miqdori qancha?
- Imtihon jarayonlari oʻzi qanday bo'lib oʻtadi va qanchalik qiyin?
Toʻliq suhbatni YouTube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.