Mukofot qiymati 525 million so‘m bo‘lgan “Yil o‘qituvchisi” ko‘rik tanlovining birinchi bosqichi g‘oliblari 2025-yil avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan toifa testlari natijasida aniqlanadi.
Hukumat qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, “Yil o‘qituvchisi” tanlovida oliy yoki birinchi malaka toifasiga hamda kamida 5-yillik pedagogik stajga ega, asosiy shtatda faoliyat yuritayotgan fan yoki boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi ishtirok etishi mumkin.
Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi:
birinchi bosqichda — nomzodlarning mutaxassislik fani, pedagogik mahorati va kasb standarti bo‘yicha nazariy bilimlari baholanadi;
ikkinchi bosqichda — nomzodlarning pedagogik mahorati baholash mezonlari asosida hakamlar hay’ati hamda pedagoglar tomonidan baholanadi. Bunda nomzod o‘tgan darsning videoyozuvi baholash uchun maxsus platformaga joylashtiriladi;
uchinchi bosqichda — nomzodlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyati hamda kitobxonligi baholanadi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, har ikki yilda bir marta oktyabr oyida g‘olib deb topilgan har bir nomzod reyestri Vazirlik tomonidan yuritiladigan hamda Vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi.
Ushbu sertifikat asosida g‘oliblar Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasiga qo‘shimcha ajratilgan mablag‘larni qayta taqsimlash hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga teng pul mukofoti (taxminan 40 ming AQSH dollari) bilan taqdirlanadi.
Endilikda, toifa testlarida )pedagoglar attestatsiyasi) qayd etilgan yuqori natijalar orqali quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lish mumkin:
