Xabaringiz bor, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari joriy yilning 15-16-mart kunlari o‘tkazilgan edi.
Bugundan ana shu fanlardan milliy sertifikat natijalari e’lon qilina boshlandi.
Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball.
Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.
#Yangiliklar