Tanlovlar 27/02/2025 "Ijod yoshlari" respublika tanlovi

   "Ijod yoshlari" respublika tanlovi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining  4-, 5-, 6-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi.

Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi:

  • tuman (shahar) bosqichi – joriy yilning mart oyida;
  • viloyat bosqichi – joriy yilning aprel oyida boʻlib oʻtadi.

   “Ijod yoshlari” tanlovining asosiy maqsadi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 4-, 5-, 6-sinflarida ta’lim olayotgan yosh ijodkor oʻquvchilarni aniqlash, ularning ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish, nazm, nasr, badiiy publitsistika, adabiyotshunoslik yoʻnalishlari boʻyicha iste’dod va qiziqishlarini yanada oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

   Tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan 6-sinf oʻquvchilari navbatdagi oʻquv yilidan ijod maktablariga belgilangan qabul parametrlari doirasida imtihonsiz qabul qilinadi.

   Shuningdek, 1-, 2-, 3-oʻrinlarga sazovor boʻlgan 4-, 5-sinf oʻquvchilari kelgusi yilda mazkur tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichida toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi.

   Tanlovda qatnashish uchun joriy yilning 23-fevralidan 15-martiga qadar (shu kuni ham) ijodyoshlari.piima.uz onlayn platformasida roʻyxatdan oʻtish lozim.

Telefon: +998 (71) 207-20-17 ichki raqamlar: 161, 164.
 

#Ta'lim telekanali  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling