Oliygohlar 04/01/2025 Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

   O‘zbekistonda aviatsiya, geologiya, mashinasozlik, energetika, elektrotexnika va avtomatlashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan  Markaziy Osiyodagi eng yirik texnika oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblanadi.

Tarixi

    1918-yilda tashkil topgan Turkiston xalq universitetining „Texnika“ fakulteti tarkibida „Elektromexanika“ bo‘limi ochilgan bo‘lib, unda mexanik muhandislar ixtisosligi bo‘yicha kadrlar tayyorlab chiqarish ham mo‘ljallangan edi. 1920-yilda fakultet davlat universiteti maqomiga ega bo‘lgach, unda „Maxsus mexanika“ bo‘limi ta’sis etilib, 69 talaba tahsil ola boshlagan. Toshkent texnika universiteti O‘zbekiston Prezidentining 1991-yil 30-apreldagi farmoniga asosan Vazirlar Mahkamasi 1991-yil 13-mayda qabul qilgan 130-sonli qarori bilan Toshkent politexnika instituti va Toshkent mashinasozlik instituti birlashtirilishi zaminida vujudga kelgan. 1991-yil 27-iyunda universitetga Abu Rayhon Beruniy nomi berilgan.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvardagi farmoniga asosan 2017-yil 23-iyunda Toshkent davlat texnika universitetiga Islom Karimov nomi berilgan.

     Hozirda Toshkent davlat texnika universitetida 8 ta fakultet, 58 ta kafedra, 735 nafar professor-o‘qituvchilar, 11 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda. Universitetda 5 ta ixtisoslashgan kengash ham mavjud bo‘lib, ularda 12 xil yo‘nalish bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi. Universitetda zamonaviy o‘quv binolari, o‘quv va ilmiy laboratoriyalar, yotoqxonalar, kuchli tajriba bazasi, shuningdek, universitetgacha bo‘lgan tayyorgarlik va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tarmog‘i mavjud.

Fakultetlari:

  • Neft va gaz fakulteti;
  • Muhandislik texnologiyalari fakulteti;
  • Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya ishi fakulteti;
  • Mashinasozlik fakulteti;
  • Elektronika va avtomatika fakulteti;
  • Elektr energetika fakulteti;
  • Issiqlik energetikasi fakulteti;
  • Mexanika fakulteti.

    Universitet bakalavriat va magistratura bosqichlarida quyidagi yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlaydi:

Bakalavr yo‘nalishlari:

Kunduzgi:

  • Kasb ta’limi: yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi;
  • Dizayn (turlari bo‘yicha);
  • Korporativ boshqaruv;
  • Energetika (tarmoqlar bo‘yicha);
  • Metallurgiya;
  • Havo kemalaridan texnik foydalanish;
  • Avtomobilsozlik va traktorsozlik;
  • Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (transport turlari bo‘yicha);
  • Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo‘yicha);
  • Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar bo‘yicha);
  • Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha);
  • Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha);
  • Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo‘yicha);
  • Konchilik ishi (faoliyat turlari bo‘yicha);
  • Konchilik ishi (mis rudalarini boyitish);
  • Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (kon turlari bo‘yicha);
  • Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi;
  • Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish;
  • Neft-gazni qayta ishlash sanoati obyektlarini loyihalashtirish va qurish;
  • Energoaudit va sanoat korxonalarning energetik tekshiruvi;
  • Konchilik elektr mexanikasi;
  • Marksheyderlik ishi;
  • Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha);
  • Energiya mashinasozligi (tarmoqlar bo‘yicha);
  • Mexatronika va robototexnika;
  • Intellektual muhandislik tizimlari;
  • Quymakorlik texnologiyalari;
  • Lazer texnologiyalari va optoelektronika;
  • Biotibbiyot muhandisligi;
  • Geologiya-razvedka ishlarining texnikasi va texnologiyasi;
  • Yorug‘lik texnikasi;
  • Metallarga bosim bilan ishlov berish mashinalari;
  • Gaz jihozlaridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish;
  • Quvur transporti tizimlari inshootlari va ularning obyektlarini ta’mirlash;
  • Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha);
  • Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish;
  • Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha);
  • Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha);
  • Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi;
  • Elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi;
  • Prokat ishlab chiqarish texnologiyasi;
  • Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
  • Radioelektron qurilmalar va tizimlar (tarmoqlar bo‘yicha);
  • Xizmatlar sohasi: avtomobil transporti;
  • Xizmat ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha);
  • Havodagi harakatni boshqarish;
  • Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
  • Hayotiy faoliyat xavfsizligi;
  • Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha).

(Jami – 48 ta)

Sirtqi:

  • Energetika (tarmoqlar bo‘yicha);
  • Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha);
  • Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha);
  • Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha);
  • Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo‘yicha);
  • Konchilik ishi (faoliyat turlari bo‘yicha);
  • Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (kon turlari bo‘yicha);
  • Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish;
  • Metallarga bosim bilan ishlov berish mashinalari;
  • Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish;
  • Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
  • Radioelektron qurilmalar va tizimlar (tarmoqlar bo‘yicha);
  • Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi.

(Jami – 13 ta)

Kechki:

  • Konchilik ishi (faoliyat turlari bo‘yicha);
  • Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha);
  • Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish;
  • Metallurgiya.

(Jami – 4 ta)

Magistratura yo‘nalishlari:

  • Professional ta’lim nazariyasi va metodikasi: transport vositalari muhandisligi (avtotransport);
  • Dizayn (sanoat dizayni);
  • Korporativ boshqaruv;
  • Gidroelektrstansiyalar;
  • Sanoat issiqlik energetikasi;
  • Issiqlik texnikasi (qo‘llanish obyekti bo‘yicha);
  • Elektr ta’minoti (tarmoqlar bo‘yicha);
  • Elektr stansiyalari;
  • Elektr energetikasi tizimlari va tarmoqlari (faoliyat turlari bo‘yicha);
  • Metallurgiya (metall turlari bo‘yicha);
  • Metallurgiya mashinalari va jihozlari (ishlab chiqarish turi bo‘yicha);
  • Kukunli metallurgiya, kompozitsion materiallar, qoplamalar;
  • Avtomobilsozlik va traktorsozlik;
  • Yer usti transport vositalari va tizimlari (transport turlari bo‘yicha);
  • Avtomobillar va avtomobil xo‘jaligi;
  • Ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan foydalanish;
  • Elektr mexanikasi (tarmoqlar bo‘yicha);
  • Elektr izolyatsiyali va kabelli texnika;
  • Elektrotexnik majmualar va tizimlar (tarmoqlar bo‘yicha);
  • Elektronika va elektron texnikasi (tarmoqlar bo‘yicha);
  • O‘lchash va nazorat qilish asbob-uskunalari va metodlari (turlari bo‘yicha);
  • Yarimo‘tkazgichli materiallar nanotexnologiyasi;
  • Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha);
  • Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (tarmoqlar bo‘yicha);
  • Aviatsiya-kosmik vositalari bilan tabiiy resurslarni tadqiq qilish;
  • Foydali qazilma konlarini qazish (qazish usullari bo‘yicha);
  • Shaxta va yer osti muhandisligi (marksheyderlik ishi);
  • Foydali qazilmalarni boyitish (qazilma turlari bo‘yicha);
  • Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (kon turlari bo‘yicha);
  • Neft va gaz konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi;
  • Neft va gaz konlarini qidiruv-razvedka ishlarining geofizik metodlari;
  • Konchilik geologiyasi va geofizikasi;
  • Quduqlarning geofizik tadqiqotlari;
  • Gidrogeofizika va muhandislik geofizikasi;
  • Konchilik geofizikasi;
  • Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi;
  • Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish;
  • Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash;
  • Energiya tejamkorligi va energoaudit (tarmoqlar bo‘yicha);
  • Konchilik mashinalari va jihozlari;
  • Marksheyderlik ishi (sohalar bo‘yicha);
  • Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha);
  • Energiya mashinasozligi (tarmoqlar bo‘yicha);
  • Mexatronika va robototexnika;
  • Intellektual muhandislik tizimlari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
  • Lazer, yorug‘lik-diod texnologiyalari va optoelektronika;
  • Tibbiy-biologik apparatlar, tizimlar va majmualar (qo‘llanish sohasi bo‘yicha);
  • Rentgen texnikasi va texnologiyasi;
  • Avtotransport vositalarining gaz ballonli uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish;
  • Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha);
  • Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari (ishlab chiqarish bo‘yicha);
  • Mashinasozlik ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan dastgohli komplekslari;
  • Metallarga bosim bilan ishlov berish (turlari bo‘yicha);
  • Sovitish, kriogen texnikasi va mo‘tadillash tizimlari mashinalari hamda agregatlari;
  • Neft-gaz sanoati mashinalari va jihozlari;
  • Oziq-ovqat sanoati mashinalari va agregatlari;
  • Kimyoviy va neft-gazkimyoviy texnologiyalar;
  • Elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi va elektronika sanoati texnologik mashina jihozlari;
  • Quymakorlik ishlab chiqarishi texnologiyasi (turlari bo‘yicha);
  • Neft va gaz quvurlari, baza va omborlarini qurish va ulardan foydalanish;
  • Radiotexnik qurilmalar va aloqa vositalari;
  • Qishloq xo‘jalik texnikasini loyihalashtirish va konstruksiyasini ishlash;
  • Atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
  • Mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar xavfsizligi (tarmoqlar bo‘yicha);
  • Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi.

(Jami – 65 ta)

   Hozirda universitetning quyidagi filiallari mavjud:

Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali;

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali;

Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali;

Toshkent davlat texnika universiteti Nukus filiali.

    Toshkent davlat texnika universitetini Hojiakbar Shayxov, Shukrullo Yo‘ldoshov, Ulug‘bek Inoyatov, Habibulla Akbarov, Nasriddin Abrorovich Sirojiddinov, Sherzod Shermatov kabi jamiyatimiz rivojiga hissa qo‘shayotgan mashhurlar tamomlagan.

    Toshkent davlat texnika universiteti har yili Rossiya federatsiyasi, Belarussiya, Xitoy va Koreya respublikasining bir qancha oliy ta’lim muassasalari, xususan:

  • Kuzbass davlat texnika universiteti (Rossiya);
  • Belorus davlat texnologiyalari universiteti (belarussiya);
  • Belarus Milliy texnika universiteti (Belarussiya);
  • “MEI” milliy tadqiqot universiteti (Rossiya);
  • Don davlat texnika universiteti (Rossiya);
  • North China University of Texnology (Xitoy);

Chungnam milliy universiteti (Koreya) bilan talabalarni almashib o‘qitish bo‘yicha qo‘shma dasturlar tuzgan.

   Agar sizda yana qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa bemalol quyida ko‘rsatilgan manzilga va raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:

  • Telefon: +998 71 246 46 00;
  • Rasmiy sayt: tdtu.uz;
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 2- uy, pochta indeksi: 100095

   Bizni kuzatishda davom eting Ta’lim telekanali ta’limdagi eng so‘nggi yangiliklarni har doim siz bilan bo‘lishishga tayyor!

                                                      Ma’mura To‘rayeva tayyorladi

 

 

   

#Oliygohlar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling