European University Institute (EUI) tomonidan siyosat sohasi boʻyicha mutaxassislar uchun Italiyada xarajatlari qoplanadigan rezidentlik dasturi — Policy Leader Fellowship taqdim etiladi. Florence School of Transnational Governance dastur uchun taxminan 20-25 ta grant ajratishi rejalashtirilgan.
Grant besh yoki oʻn oylik muddat uchun taklif etiladi:
Rezidentlik dasturi Italiyaning Florensiya shahrida oʻtkaziladi.
Maʼlumot uchun: Policy Leader Fellowship (PLF) – Florensiya Transmilliy Boshqaruv Maktabida (STG) oʻtkaziladigan rezidentlik dasturi boʻlib, siyosat sohasida oʻz karyerasining oʻrta bosqichidagi mutaxassislar uchun moʻljallangan. Ushbu noyob dastur Yevropadagi eng mashhur ilmiy muassasalardan birida joylashgan va ishtirokchilarga Yevropa Ittifoqi siyosatini ishlab chiqish jarayonlari haqida ichki maʼlumotlar beriladi.
Dastur butun dunyo boʻylab siyosatni ishlab chiqishda turli amaliy tajribaga ega boʻlgan shaxslarni jalb qilish maqsadi tashkil etilgan va akademik tayyorgarlikni talab qilmaydi. STG va EUI professor-oʻqituvchilari va tadqiqotchilari hamjamiyatiga toʻgʻridan-toʻgʻri kirish imkoniyatidan tashqari, qatnashchilar bir-biridan soha boʻyicha bilim oʻrganadilar va doimiy professional va shaxsiy aloqalarni oʻrnatadilar.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Baholash mezonlari:
Eslatma: Arizaning bir qismi sifatida ingliz tili sertifikati soʻralmaydi, lekin muvaffaqiyatli nomzodlar ingliz tilida oʻtkaziladigan suhbatga taklif qilinadi va roʻyxatdan oʻtish toʻgʻrisida sertifikat/tasdiqlovchi hujjat taqdim etishlari soʻraladi.
Muhim: Talabgor boshqa grant yoki daromad manbaiga ega boʻlsa, barcha maʼlumotlarni oshkor qilishi kerak. Shunda grant miqdori qoʻshimcha daromad miqdoriga qarab (tegishli tasdiqlovchi hujjatlar ishlab chiqarilgandan keyin) pastroq stavkada (oyiga kamida €1,750) belgilanadi.
Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.
Talab qilinadigan hujjatlar:
Ariza topshirishdan oldin ushbu havolani diqqat bilan oʻqib chiqish, toʻgʻri hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilganiga ishonch hosil qilish kerak.
Kimlar uchun
Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
Dastur tili
Ingliz tili
Yosh chegarasi
Chegaralanmagan
IELTS talabi
minimum 7
Manba: https://t.me/grantgouz/7424
#Ta'lim telekanali #Talaba #Chetda tahsil olish