Yangiliklar 04/03/2025 200 nafar yoshlar Italiyaga o‘qishga yuboriladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-mart kuni qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga oid taqdimot bilan tanishdi.

    Taqdimotda Italiyadagi Bolonya, Tushia, Ferraра va Piza oliygohlariga bu yil 200 nafar yoshlarni yuborish rejalashtirilganligi bildirildi. Ular agrar, oziq-ovqat texnologiyalari va boshqa sohalarda tahsil oladi.

    Shuningdek, Tushia universitetida yiliga 30 nafar oziq-ovqat texnologlarini grant asosida o‘qitish va yurtimizda malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish taklifi bildirildi.

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling